Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutiga yangi rektor tayinlandi
Foto: ToshVMOI
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutiga yangi rektor tayinlandi. Bu haqda institut saytida xabar berilgan.
Ma'lum qilinishicha, 2017 yilning 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori lavozimiga ushbu vazifani vaqtinchalik bajarib turgan Habibullo Ataullayevich Akilov tayinlangan.
Habibullo Akilov tibbiyot fanlari doktori, professor sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda ToshVMOIda 50 ta kafedrani qamrab olgan 5 ta fakultet faoliyat olib boradi: tibbiy profilaktika va UASh tayyorlash fakulteti; Terapiya fakulteti; Xirurgiya fakulteti; Pediatriya fakulteti; Klinik ordinatura fakulteti. Institut 1932 yilda tashkil topgan.
Mavzuga oid
08:51 / 11.11.2025
"Proyekt": RFda yuqori darajadagi davlat xizmatchilarining 76 foizi hokimiyatda qarindoshlarga ega
13:00 / 09.09.2025
Maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
12:18 / 26.08.2025
To‘rtta oliy o‘quv yurtiga yangi rektorlar tayinlandi
19:44 / 07.05.2025