«Kelajak» markazlarining umumiy örta ta’lim taşkilotlaridagi vertikal tizimini joriy etiş hamda öquvçilarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida maktab maslahatçisi lavozimi joriy etiladi.
Maktab maslahatçisining lavozim maoşi umumiy örta ta’lim taşkiloti direktori örinbosari lavozim maoşiga tenglaştiriladi, menejerlik sertifikatiga ega bölgan maktab maslahatçilariga har oylik 30 foiz miqdorida qöşimça ustamalar tölanadi.
Maktablarda öquvçilarning portfolio bazasi şakllantiriladigan erp.portfolio platformasi yaratiladi. U maktab maslahatçilari tomonidan yuritiladi hamda 2028–2029-öquv yilidan maktab şahodatnomalarida qayd etiladi.

















