Samarqandda 13 yoshli bolani Damas’ga zanjirlagan shaxsga sud hukmi o‘qildi
Sud ayblanuvchini Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bilan aybdor deb topgan va unga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgan.
Avvalroq, Samarqand shahrida 13 yoshli bola Damas’ga oyog‘idan zanjirlab qo‘yilgani, uni shu ko‘yga o‘qituvchisi solgani haqida xabar bergandik. Ma’lum bo‘lishicha, maktab o‘quvchisini oyog‘idan zanjirlagan shaxsga sud hukmi o‘qilgan.
Bolani o‘tkinchilar Samarqand shahrida to‘xtab turgan Damas’ga zanjirlab qo‘yilganiini ko‘rib qolgan va uni tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatdi.
Holatga darhol tegishli tashkilotlar e’tibor qaratdi va vaziyatni o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, bola Samarqand viloyati Paxtachi tumani Qalqon-jasorat harbiy sport maktabi 6-sinf o‘quvchisi 2011 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. bo‘lgan.
Sh.Sh.ning vasiylari J.S. va E.M. mazkur maktab o‘qituvchisi X.Sh.ni chaqirib, xulqi og‘irligi tufayli bolani Samarqand viloyati Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga olib borishni so‘ragan.
2024 yil 15 mart kuni o‘qituvchi Sh.X. bolani Samarqand shahriga olib kelgan va mashinadan tushib qochib ketmasin, degan vaj bilan uni Damas’ning orqa o‘rindig‘iga zanjirlab qo‘ygan.
Shundan so‘ng holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, Jinoyat kodeksining 138-moddasi (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudida bolani g‘ayriqonuniy tarzda zanjirlagan shaxsga nisbatan sud majlisi bo‘lib o‘tgan.
Sud sudlanuvchi Sh.X.ni Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (voyaga yetmagan shaxsni qiynash), 138-moddasi 2-qismi “a” bandi (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan aybli deb topgan. Unga 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
22:39 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
12:03 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisi bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
09:28 / 08.11.2024