Tagida patrul xizmat maşinasi, egnida forma va çöntakda “içki işlar xodimi” degan guvohnoma. Bular odatda qonun himoyaçisining atributlari. Ammo Samarqandda bu vositalar millionlab dollarlik firibgarlik quroliga aylandi.

Toyloq tumanida önlab, balki yuzga yaqin inson bir odamga işonib aldanib qolgan – u içki işlar boşqarmasi yöl harakati xavfsizligi xodimi, leytenant Bunyod Yazdonov. Xodim Buxoroda quriliş loyihasi borligini aytib, odamlardan pul olgan.

Va’da oddiy bölgan: pulingiz yoki mulkingizni berasiz, foydasi bilan qaytarib olasiz. Ammo voqealar rivoji butunlay jiddiylaşib ketdi, leytenant töxtaşni unutib qöydi.

Kun.uz holat böyiça suriştiruv olib bordi.

Leytenant Bunyod Yazdonovdan eng köp jabrlanganlardan biri – maşina savdosi bilan şuğullanuvçi Şahriyor Obloqulov. Uning aytişiça, Yazdonovga avvalo qişloqdoşi ekani va içki işlar tizimida işlaşi sababli işongan.

Dastlab inspektor olgan qarzlarini öz vaqtida qaytarib kelgan. Bu esa işonçni yanada mustahkamlagan. Obloqulov avval özining bir neçta avtomobillarini, keyin esa tanişlaridan ham pul va maşinalar olib, Yazdonovga bergan.

Biroq 2025 yil kuziga kelib vaziyat özgargan, qarzlarni qaytariş muddati çözila boşlagan. Şu orada Yazdonov boşqa köplab odamlardan ham xuddi şu tarzda qarz olgani ma’lum bölgan.

“Yazdonov va uning “opaxoni” Şahnoza Xuşmurodova menga garov sifatida uy va dökon hujjatlarini bergandi. Keyin ularning barçasi soxta ekani aniqlandi. Oldi-berdilarimizni Bunyodning özi tasvirga olib bergan, gaplarimga asosim bor. Hozir mendan Bunyodning 258 ming, Şahnoza Xuşmurodovaning esa 35 ming AQŞ dollari qarzi bor”, – deydi Obloqulov.

Jabrlanuvçilarning aytişiça, işonç aynan uning formasi va lavozimi orqali paydo bölgan. Odamlar uni oddiy odam emas, davlat tizimi vakili sifatida qabul qilgan.

Jabrlanuvçilardan biri Afzal Ğaniyevning aytişiça, Yazdonov qarz oldi-berdilarida hatto öz xizmat guvohnomasini ham işlatib, undan garov sifatida foydalangan.