Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil yana Rafahga zarba yo‘lladi
Foto: Israel Defense Forces
Isroil mudofaa armiyasi Rafah shahriga zarbalar berdi, deb yozdi The Times of Israel manbalarga tayanib. Hozircha TSAHAL buni rasman tasdiqlamadi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hujum Hamas a’zolarining Rafahda isroillik harbiylarga hujumiga javoban amalga oshirilgan. TSAHAL avvalroq guruh a’zolari 18 oktyabr kuni kechqurun tunnellardan birida harbiylarga qarata o‘t ochgani, harbiylar orasida jarohatlanganlar yo‘qligini ma’lum qilgandi.
O‘z navbatida, Hamas vakillari tinchlik kelishuvlariga sodiq qolishini ta’kidlamoqda. The Times of Israel nashri yozishicha, guruh nazorati ostidagi mediada Rafahdagi hujum nishoni isroillik harbiylar emas, balki Hamasga qarshi mahalliy militsiya yetakchisi bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.
Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir X ijtimoiy tarmog‘ida bosh vazir Benyamin Netanyahuni Hamas o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini bajarmayotganini aytib, urushni «to‘liq hajmda» qayta boshlashga chaqirdi.
G‘azoda «barqaror tinchlik» to‘g‘risidagi bitim 13 oktyabr kuni imzolangandi. Isroil sektorni o‘qqa tutishni to‘xtatdi, Hamas esa o‘z qo‘lidagi barcha isroilliklarni qo‘yib yubordi hamda halok bo‘lganlarning jasadlarini topshirishni boshladi. O‘shandan beri tomonlar bir-birini kelishuv shartlarini yetarli darajada bajarmaganlikda bir necha bor ayblagan.
AQSh Davlat departamenti 18 oktyabr kuni «ishonchli ma’lumotlar»ga tayanib, Hamas G‘azo aholisiga hujum qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi va bu o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvlarini «to‘g‘ridan to‘g‘ri va jiddiy buzish» bo‘lishi haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
11:40 / 18.12.2025
Berlinda erkak Isroilga qarshi shiori uchun jarimaga tortildi
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
17:48 / 09.12.2025
Isroil politsiyasi BMT tashkilotining Sharqiy Quddusdagi binosiga bostirib kirdi
07:35 / 06.12.2025