13:30 / 29.01.2020
0
14484

Paxtani qayta ishlash korxonalari xususiylashtiriladi

Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi»gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida 2020 yilda:

«Sohada davlat ishtirokini kamaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish» yo‘nalishida:

  • 2020 yil 1 martdan paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishda band bo‘lmagan maydonlarni tuproq-iqlim sharoitlari va bozor kon'yunkturasidan kelib chiqqan holda tumanlarni bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish tizimi joriy etiladi;
  • Kreditlash va sug‘urtalash mexanizmini qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining strutegik ustuvor yo‘nalishlari hamda ehtiyojlariga mos ravishda takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
  • 2020 yil 1 aprelga qadar boshoqli don va paxtani qayta ishlash, resurs ta'minoti va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi davlat ulushlari mavjud korxonalarni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top