Paxta siyosatida buriliş, kun tartibidagi jadidlar va deportatsiya voqealari - hafta dayjesti
|13:38 / 17.12.202324 79014 min
Ortda qolayotgan hafta davomida Özbekistonda röy bergan muhim voqea-hodisalarning qisqaça tafsilotlari – Kun.uz dayjestida.
Paxta yetiştiriş: fermer-klaster munosabatlarida özgarişlar
Paxta yetiştirişda fermerlar va klasterlar örtasidagi munosabatlarga bozor mexanizmlari joriy etilayotgani haftaning eng muhim voqeasi böldi. Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 dekabr kuni bu borada yiğiliş ötkazib, tegişli farmonni imzoladi.
Farmonga köra, 2024 yil hosilidan boşlab, fermerlar va klasterlar örtasidagi fyuçers şartnomalari Tovar-xomaşyo birjasi orqali tuziladigan böldi. Birjadagi savdolar har yili çigit ekilişidan oldin, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar böyiça alohida ötkaziladi. Bunda fermer özi yetiştiradigan paxta miqdorini birjaga joylaştiradi, balandroq narx taklif etgan viloyat içidagi klaster esa u bilan şartnoma tuzadi. Savdodagi boşlanğiç narx Nyu-York birjasidagi paxta tolasining oxirgi 12 oydagi örtaça narxi asosida belgilanadi.
Şartnomadan ortiqça yetiştirilgan paxta böyiça ham fermerlarning erkinligi kengayadi. Ular ortiqça hosilni kimga sotişni mustaqil hal qiladi, ya’ni xohlasa töğridan töğri şartnoma tuzgan holda hamkor klasterga, xohlasa birja orqali istalgan boşqa xaridorga sotadi. Şuningdek, fermerlar ortiqça hosilni özlari qayta işlab, olingan paxta tolasi va ikkilamçi mahsulotlarni birja orqali sotişi mumkin.
Fermer xöjaliklari klasterlar bilan işlaşga majbur emasligi yana bir marta tasdiqlanyapti. Farmonga binoan, fermerlar paxtani öz mablağlari yoki tijorat kreditlari hisobidan yetiştirib, xomaşyo va undan olinadigan mahsulotlarni birjada erkin sotiş huquqiga ega. Birja savdolarida qanday qilib iştirok etiş böyiça fermer xöjaliklariga öquv seminarlari ötiladi.
Fermerlarga qisman erkinlik berilgani bilan, boşqa tomondan ularning javobgarligi keskin kuçaytirilyapti. Fermer xöjaligi şartnomalarda körsatilgan majburiyatlari böyiça öz mol-mulki bilan javob berişi belgilab qöyildi. Majburiyatlarni qoplaş uçun fermer xöjaligining mol-mulki yetarli bölmaganida, xöjalik boşliği özining şaxsiy mol-mulki bilan javobgar böladi. Fermerlarga tomçilatib suğoriş uçun ajratilgan kreditlar böyiça klasterlar bergan kafillik fermerlarning likvidli mol-mulki bilan almaştiriladi.
Mavzuga oid
Bundan taşqari, Hisob palatasi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, Boş prokuratura va boşqa tuzilmalardan iborat alohida işçi guruh tuzilib, fermerlarning klasterlar oldidagi qarzdorliklarini undiriş bilan şuğullanişi belgilandi. Klasterlarning fermerlar oldidagi qarzlari böyiça esa biror yangilik közda tutilmagan.
Koreyadagi universitet özbekistonlik 22 talabani mamlakatdan çiqarib yubordi
Janubiy Koreyadagi universitetlardan biri özbekistonlik 22 nafar talabani aldab, uyiga qaytarib yubordi. Bu voqea ikki mamlakatda şov-şuvlarga sabab bölyapti. Ma’lum bölişiça, Osan şahrida joylaşgan Hanşin nomli xususiy universitet 27 noyabr kuni ertalab 23 nafar Özbekiston fuqarosini aldov yöli bilan avtobusga ötqizib, aeroportga olib borgan. Talabalar u yerdan özlarining nomiga olib qöyilgan aviaçiptalar bilan Özbekistonga majburan jönatib yuborilgan. Ulardan faqat bittasi soğliği tufayli yordam söragani uçun reysdan tuşib qolgan.
Mahalliy naşrlarning yozişiça, avvaliga talabalarga “sizlarni immigratsiya idorasiga olib boramiz, u yerda ID-karta olasizlar” deyişgan. Lekin yölda yollangan xususiy qöriqçilar avtobusga çiqib, talabalarning oldiga turib olgan va ulardan telefonlarini olib qöygan. “Sizlarning hujjatlaringizda muammo bor, agar hozir immigratsiya idorasiga borsangiz, sizlarni qamoqqa olişadi, agar keyinçalik Koreyaga qaytiş niyatingiz bölsa, hoziroq uçib ketişingiz kerak”, deb tuşuntirgan universitet xodimlari.
Bunday holatning kelib çiqişi böyiça turli sabablar aytilyapti. Talabalarning bank hisobraqamidagi mablaği masalasida oliygohning aybi bilan muammo yuzaga kelgani haqida ma’lumotlar bor. Universitet esa ularni dars qoldiriş, noqonuniy işlaş va boşqa qoidabuzarliklarda ayblayapti. Lekin şunisi aniqki, sentabr oyida til kursiga kelgan bu talabalarning 6 oylik amaldagi vizasi bölgan, ta’lim muassasalari esa xorij fuqarolarini deportatsiya qiliş huquqiga ega emas.
Hozirda mahalliy politsiya holat böyiça tekşiruv olib boryapti. Oliygohga nisbatan noqonuniy hibsga oliş, tahdid qiliş va odam öğirlaş ayblovlari qöyilişi mumkin. Şuningdek, inson huquqlarini himoya qiliş taşkiloti ham örganiş olib borayotganini ma’lum qilgan. Voqeani bir qator koreys naşrlari yoritib boryapti. Universitetning bir guruh talabalari özbekistonlik tengdoşlarini qöllab-quvvatlab, öquv binosi oldida namoyiş ötkazdi.
Rossiyadagi vatandoşlarga oid xabarlar
Özbekistonliklar eng köp deportatsiya qilinadigan davlat bu – Rossiya. Şu hafta Sankt-Peterburgdagi ikkita özbekistonlik oila noodatiy sabab bilan mamlakatdan çiqarib yuboriladigan böldi. Gap şundaki, 10 dekabr kuni Krasnoye Selo şaharçasida yaşovçi özbekistonlik ikkita oilaning uç nafar farzandi köçada öynab yurgan vaqtda “Mangu olov” ustiga qor taşlab, uni öçirib qöygan.
Rossiya politsiyasi “Mangu olov”ga nisbatan qilingan xatti-harakatlarga muntazam ravişda jiddiy qarab keladi. Bu holat ham istisno bölgani yöq. Içki işlar organi 10, 12 va 14 yoşli bu bolalarning oilalari kerakli hujjatlarni rasmiylaştirmasdan yaşayotganini aniqlab, işni sudga oşirdi. Sud ularni va ularning ota-onalarini 5 ming rubldan jarimaga tortib, deportatsiya qiliş böyiça qaror çiqardi.
Ayni paytda, Rossiyada deportatsiya töğrisidagi qoidalarga özgartiriş kiritilişi kutilyapti. Aftidan, rasmiylarda muhojirlar oqimi kamaygan hozirgi vaziyatda, tayyor işçi kuçini çiqarib yuboriş noörin degan pozitsiya şakllangan. Şu hafta Davlat dumasining tegişli qömitasi ma’qullagan qonun loyihasiga köra, muayyan yaşaş joyiga ega migrantlarni deportatsiya qiliş örniga, ularni jarimaga tortiş va mamlakatda qolişiga ruxsat beriş közda tutilyapti.
Şuningdek, Putinning topşiriği bilan, Dumada migrantlar bilan boğliq masalalar bilan şuğullanuvçi işçi guruh tuzildi. Işçi guruh migratsiya siyosatiga nisbatan Rossiyaning iqtisodiy rivojlanişi zaruratidan kelib çiqqan holda yondaşişi aytilmoqda.
Jadidlar – kun tartibida
Özbekistonda sovet paytidagi qatağonlarga oid arxiv hujjatlaridan foydalaniş imkoniyatlari kengaytiriladi. SSSR paytidagi repressiyalar mavzusida ilmiy tadqiqotlar ötkaziş uçun grantlar e’lon qilinişi ham kutilmoqda. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda jadidlar faoliyatiga bağişlab ötkazilgan xalqaro konferensiya iştirokçilariga yöllagan murojaatida ma’lum qildi.
Prezident oxirgi yillarda Oliy sud tomonidan 1030 dan ortiq mustabid tuzum qatağoniga uçragan vatandoşlar nomi oqlangani, bu tarixiy adolatni tiklaş yölidagi yangi qadam bölganini ta’kidlab, endilikda har yili avgust oyini “Qatağon qurbonlarini yod etiş oyi” sifatida ötkaziş, mahalla idoralarida “Qatağon qurbonlari xotirasi burçaklari” va “Mahalla xotira kitoblari”ni taşkil etiş, har yili kamida 100 nafar qatağon qurboni va jadidlar faoliyatini aks ettiradigan töplam tayyorlaşni taklif qildi.
Şavkat Mirziyoyev ilmiy hamjamiyatga murojaat qilib, jadidlarning milliy davlatçilikka qöşgan hissasiga munosib tarixiy baho beriş kerakligini aytdi. Özbekistonlik olimlar va çet ellik tadqiqotçilar iştirokida ötgan sessiyalarda jadidlarning siyosiy faoliyati, xususan Markaziy Osiyoda demokratiyaga intilgan birinçi davlat – Turkiston muxtoriyatini har tomonlama örganişga çaqiriqlar yangradi. Jadidçilik harakatiga bağişlangan birinçi muzey Buxoroda taşkil etiladigan böldi.
Konferensiya, şuningdek, prezident yordamçisi Saida Mirziyoyevaning lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş haqidagi bayonoti bilan ham yodda qoldi. U özgartirilişi kerak bölgan harflardan biri – O‘ harfidagi teskari tirnoq belgisi sabab, hatto Özbekiston sözi ham köp holatlarla xato yozilayotganiga urğu berib, vatan va millat nomini töğri yoziş haqida gap ketganda, hadeb bahslaşavermay, tezroq qaror qabul qilişga çaqirdi.
Eslatib ötamiz, kompyuterlar hayotimizga kirib kela boşlagan paytlardan beri jamoatçilik va ilmiy hamjamiyatda alifboni töğrilaş şartligi borasida umumiy konsensus bor. Hozirda O‘ va Ğ harflarining bosma şaklini yozma şaklga yaqinlaştiriş va ng harf birikmasini alifbodan çiqariş böyiça bir töxtamga kelingan. Şu bilan birga, Ş va Ç harflarini özgartiriş kerakmi-yöqmi, agar özgartiriş kerak bölsa, Ç harfi qanday şaklda bölişi kerak degan savollar ustidagi bahslar davom etyapti.
“Köça”ga qarşi reydlar. Toşkentda jami 38 ta jinoyat işi tergov qilinmoqda
27 noyabrdan 12 dekabrgaça, ya’ni 15 kun içida Toşkentda ötkazilgan jinoyatçilikka qarşi reydlar davomida jami 103 kişi qölga olinib, ular ustidan 38 ta jinoyat işi oçilgan. Qölga olinganlardan 52 nafariga nisbatan sud ajrimi bilan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB boşliğining birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayev seşanba kungi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, qölga olinganlar tovlamaçilik, firibgarlik, bezorilik, öqotar qurollar va giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlarda ayblanyapti. Ular huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan oylar va yillar davomida kuzatuvga olingan bölib, yetarliça dalillar töplanganidan keyin, 27 noyabrdan boşlab yoppasiga hibsga olingan. Ötkazilgan reydlarning “Humo arena”dagi tartibsizlikka ham, qöşni davlatlardagi şunga öxşaş reydlarga ham aloqasi yöqligi ma’lum qilindi.
Tergov organiga köra, “köça bollari” deb aytilayotgan jinoiy guruhlar qarzdor fuqarolarga tahdid qiliş va döpposlaş orqali ulardan pul undirib kelgan. “Ular davlatning funksiyasini özlariga olişdi, desam notöğri bölmaydi”, – dedi Doniyor Toşxöjayev.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Kutilganidek, hafta davomida gaz va benzin haydovçilarning eng asosiy taşvişiga aylandi. Harorat –20 darajagaça tuşgan kunlari Toşkent şahri, Toşkent, Samarqand va vodiy viloyatlaridagi jami 1200 ga yaqin metan-şoxobçaning yarmi töliq yopildi, qolgan yarmi esa kuniga 6 soatgina işladi xolos. Havo biroz iliganidan keyin çeklovlar yumşatilgan bölsa-da, gaz va benzin uçun uzun navbatlar saqlanib qolyapti. Şu bilan birga, eng sovuq kunlarda “Hududgazta’minot” aholi xonadonlariga gaz yetkazib berişda yetişmovçilik bölmayotgani haqida bayonotlar berib bordi.
Qorli kunlarda mahalliy qor qoplonlarimiz özlarining borligini eslatib qöyişga qaror qildi. Qaşqadaryodagi “Hisor” davlat qöriqxonasida örnatilgan fotoqopqonlardan biri tarixda ilk marta qoplonlar tödasini tasvirga oldi. Videoda törtta qoplon birgalikda izğib yurganini köriş mumkin.Qöriqxona hududlarida ötkazilgan kuzgi monitoring natijalariga köra, bu yerda 50-52 boş noyob qor qoplonlari yaşaydi. Ma’lumot uçun, 11 dekabrdan boşlab, Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni öldirganlik uçun jarimalar 10 baravarga oşirildi.
Afğonistonda “Tolibon” qurayotgan Qöştepa kanalining qirğoqlari öpirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Sun’iy yöldoşdan olingan tasvirlarda noyabr oyidan boşlab kanal yoqasidagi çölda suv ombori paydo bölganini köriş mumkin. “Özbekkosmos” öz örganişlariga tayanib suv toşqini bölmagani, kanal yaqinida sizot suvlarining kötarilişi röy berganini ma’lum qildi. Eslatib ötamiz, Özbekiston hukumati toliblarga kanalni birgalikda quriş, ayniqsa uni betonlaştiriş borasida taklif bildirib kelayotgan edi.
Eron Islom Respublikasi Özbekiston fuqarolari uçun viza rejimini bekor qildi. Vizasiz rejim birdaniga 33 ta davlat uçun joriy etilgan. “Biz dunyo bilan muloqot qilmoqçimiz, eronofobiya bilan kuraşmoqçimiz”, deb bayonot berdi Tehrondagi rasmiylar. Hafta davomida, şuningdek, Özbekistonning Qatardagi elçixonasining oçiliş marosimi bölib ötdi. Eslatib ötamiz, oktyabr oyida Qatar ham özbekistonliklar uçun vizasiz rejim joriy qilgandi.
Toşkent–Samarqand pulli avtomobil yölining loyihasi tayyor böldi. Loyihaga köra, yöl avtomagistral talablari asosida qurilib, 6 ta polosadan iborat, 305 km uzunlikda böladi. Barça tutaşma va inşootlar ustidan yangi yöl ötkazgiçlar qurilişi rejalaştirilgan.Avstriya kompaniyasi işlab çiqqan loyiha asosida yölni Turkiya kompaniyasi qurişi kutilmoqda. Quriliş işlarining boşlaniş va yakunlaniş muddatlari borasida hozirça ma’lumot yöq.
Yerosti boyliklarni qazib oluvçi kompaniyalarga navbatdagi imtiyoz berilmoqda. Qonunçilik palatasi qabul qilgan qonunga köra, 2024 yil 1 yanvardan 2025 yil 31 dekabrgaça bölgan davrda metallar va uglevodorodlarni qazib olişni boşlaydigan soliq tölovçilar çeklanmagan muddatga maxsus renta soliğini tölaşdan ozod etiladi. Bu qonunga faqat bitta deputat – Doniyor Ğaniyev qarşi çiqdi. Uning fikriça, bu – sohadagi raqobat muhitini buzadi, budjetga tuşumlarni kamaytiradi. Şu kuni parlament quyi palatasi 2023 yilgi budjetga özgartirişlarni ham sanoqli daqiqalar içida tasdiqlab berdi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova