“Qişloq xöjaligi yerlari degradatsiyasiga qarşi kuraşiş, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oşirişni qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida” prezident qarori (PQ-71, 13.02.2024) qabul qilindi.

Qarorga asosan, 2024–2025 yillarda tajriba tariqasida paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni, şu jumladan tuproqning gumus miqdorini oşiriş böyiça agrotexnik tadbirlar uçun yerdan foydalanuvçilarga (jumladan, klasterlarga) har bir gektar maydonga 1 mln sömdan subsidiya ajratiladi.

Bunda:

  • subsidiya ajratiş Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan “Agrosubsidiya axborot tizimi” orqali amalga oşiriladi;
  • paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oşiriş böyiça tadbirlarni bajariş uçun dastlab hisoblangan subsidiyaning 70 foizi 2024 yilda ajratiladi;
  • subsidiyaning qolgan 30 foizi Paxtaçilik kengaşining hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan örtaça 10 foizga oşgani töğrisidagi xulosasiga asosan 2025 yilda ajratiladi.

Şuningdek, “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi Tuproqşunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tarkibiga ötkaziladi.