Hokimlarga klasterlar tashkil etish vakolati berildi
Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tugatildi. Bundan keyin klasterlar faoliyati Qishloq xo‘jaligi vaziri bilan kelishilgan holda viloyat hokimlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.

Foto: Kun.uz
Paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etishning yangi tartibi joriy etiladi. Bu haqda «Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmonida keltirib o‘tilgan. Klasterlarni tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun quyidagi talablar va yangilangan tartib joriy etildi:
- klaster tashkil etishga talabgorlar to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarining kamida ikkita bosqichini yo‘lga qo‘ygan bo‘lishi, soliqlar va majburiy ajratmalardan hamda bank kreditlaridan muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi kerak;
- klasterlar faoliyati Qishloq xo‘jaligi vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tugatilib, klaster faoliyatini tashkil etish istagida bo‘lgan talabgorlar ochiq va shaffof onlayn tanlov asosida tanlab olinadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi klasterlar reyestrini yuritadi va ushbu reyestrni o‘zining veb-saytida doimiy e’lon qilib boradi. Vazirlikka eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimi bo‘yicha klasterlarning avtomatlashtirilgan reytingini yuritish dasturini yaratish topshirildi.
Mavzuga oid

21:05 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?

12:05 / 16.05.2025
Dehqonlarga issiq havoda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi

18:42 / 13.05.2025
Bu hafta bizni may uchun rekord issiq kutmoqda - Erkin Abdulahatov

19:53 / 10.05.2025