Qarorga köra, qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020–2030 yillarga möljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020–2030 yillarga möljallangan strategiyasi doirasida 2020 yilda:

«Oziq-ovqat xavfsizligi böyiça davlat siyosatini işlab çiqiş va joriy etiş» yönalişida 2020 yil 1 oktyabrdan boşlab aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlaş va narxlar keskin özgarişining oldini oliş maqsadida intervension xaridlar tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.

Bunda 2021 yildan boşlab don uçun davlat buyurtmasi xaridlarini bosqiçma-bosqiç kamaytiriş, şu jumladan boşoqli don xarid qiliş va sotişda erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor mexanizmlarini joriy etiş va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş uçun davlat buyurtmasi tizimidan davlat zaxirasidan foydalanişga ötiş böyiça mexanizm nazarda tutiladi.

«Qulay agrobiznes muhitini va qöşilgan qiymat zanjirini yaratiş» yönalişida 2021 yil hosilidan boşlab bozor kon'yunkturasi tahlili va agrotexnika tadbirlarini ötkaziş xarajatlarining prognoz hisob-kitobi asosida paxta-töqimaçilik klasterlari uçun fermer xöjaliklari tomonidan yetiştirilgan paxta xomaşyosini yetkazib beriş böyiça şartnomalarning şartlarini aniqlaşda minimal narxlarni belgilaş yöli bilan paxta xomaşyosi narxlarini şakllantiriş, xarid qiliş va sotişning bozor tamoyillariga ötişni nazarda tutuvçi qaror loyihasi 2020 yil 1 oktyabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.