Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Kudbiyev: Soliq va kadastr tizimlari birlashuvi natijasida 1 mln.dan ortiq qo‘shimcha obekt aniqlandi
8 oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash masalasida videoselektor o‘tkazildi.
Yig‘ilishda davlat rahbari soliq va kadastr tizimlarining birlashtirilishiga ham e'tibor qaratdi.
«Oldin tumanda BTI degan tashkilot bo‘lardi. Uning boshlig‘i o‘zini hokimdan ham katta tutardi. Notariuslar bilan kelishib, bitta hujjatga muhr urardi, tamom. Ko‘p ishlar bo‘lib ketgan. Hozir unday emas, hammasi o‘zgardi», – dedi prezident.
Yig‘ilish davomida ushbu masalaga Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ham to‘xtalib o‘tdi.
«Chindan ham soliq va kadastr tizimlarining birlashtirilishidan so‘ng biz ma'lumotlarni solishtirib chiqdik va shu paytgacha 7,6 millionta yer-mulk solig‘i to‘lovchi obektlarga qo‘shimcha yana soliqqa tortish mumkin bo‘lgan 1 millionga yaqin obektlar borligini aniqladik. Albatta, bu dastlabki o‘rganishlarimiz va bu raqam o‘zgarishi mumkin.
Oldimizda 30 trln so‘mlik soliq rejasi bor va bu rejani bajaramiz. Bu mablag‘dan yangi tuzilayotgan jamg‘armalarga 1,2 trln so‘m o‘tkazilishi rejalashtirilgan», – dedi DSQ raisi.
Mavzuga oid
15:57 / 29.12.2025
Toshkentda kadastr xodimi 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
08:10 / 08.12.2025
Yer maydoni va kadastr hujjatlari uchun pora talab qilganlar qo‘lga olindi
15:58 / 20.11.2025
O‘zbekistonda Urbanizatsiya qo‘mitasi tuzildi. Unga Sherzod Qudbiyev rahbarlik qiladi
21:17 / 18.09.2025