Toşkentda uy hujjatlarini rasmiylaştirib beriş uçun pul talab qilgan kadastr xodimi qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Qayd etilişiça, davlat Kadastrlar palatasining Toşkent viloyati boşqarmasi Böstonliq tuman filiali xodimi mazkur tumanda joylaşgan 8 sotix yer maydonidagi xonadonning kadastr hujjatlarini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali rasmiylaştirib beriş evaziga 5 ming dollar talab qilgan.

Ötkazilgan tezkor tadbirda kadastr xodimi söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining bir neça moddalari bilan iş oçilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldinroq Qoraqalpoğistonda soliq boşqarmasining ikki xodimi tadbirkordan pora olgani uçun uşlangani xabar qilingandi.