Toşkent viloyatidagi holat

Ohangaron tumanidagi unitar korxona yuristi, muqaddam sudlangan şaxs xaridorga Nurafşon şahrida parrandaçilik bilan şuğullanuvçi xususiy korxonaga ajratilgan 90 sotix böş yer maydonini 250 ming AQŞ dollariga “sotişini” taklif qilgan.

U, şuningdek, kadastr idoralaridagi tanişlari orqali mazkur yer maydonida kottejlar qurilişiga ruxsat olib berişini va’da qilib, öz “xizmati” uçun 30 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u avans sifatida 40 ming AQŞ dollari olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Qaşqadaryo viloyatidagi holat

Tuman gaz ta’minoti bölimi xodimi özining mansabdor tanişlari orqali Kökdala tumanida davlat zaxirasida bölgan 1 gektar yer maydonini xaridorga 500 million sömga “sotiş”ga kelişgan.

U belgilangan summadan oldindan 20 ming AQŞ dollari olgan paytida tezkor tadbir davomida qölga olindi.

Buxoro şahridagi holat

Muqaddam sudlangan, hozirda maklerlik faoliyati bilan şuğullanuvçi şaxs Buxoro şahrida yaşovçi fuqarodan uning foydalanuvida bölgan, umumiy maydoni 1 250 kvadrat metr bölgan köçmas mulk obekti toifasini özgartirib, tegişli kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş evaziga 14 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u söralgan pul mablağini olgan vaqtda uşlandi.

Hozirda barça holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Şuningdek, mazkur jinoyat işlariga aloqador bölişi mumkin bölgan boşqa şaxslarni aniqlaş böyiça ham suriştiruv işlari davom etmoqda.