Jahon | 12:45 / 09.05.2017
26819
1 daqiqa o‘qiladi

Qizil Maydondagi G‘alaba paradida aviatsiya ishtirok etmaydi

Foto: © RIA Novosti

Moskvadagi Qizil Maydonda boshlangan G‘alaba paradida ob-havo sharoiti tufayli aviatsiya samolyotlari ishtirok etishi bekor qilindi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lum qildi.

"Moskva hududidagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Qizil maydondagi G‘alaba paradida aviatsiya ishtirok etishi bekor qilindi. Paradda ishtirok etishga tayyorlangan samolyotlar va vertolyotlar aerodromga qaytarildi", deyilgan xabarda.

Mavzuga oid