Şimoliy Koreya harbiylari 9 may kuni Moskvada ötkaziladigan Ğalaba paradida iştirok etadi. Bu haqda Yaponiyaning NHK naşri öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Naşr suhbatdoşlarining sözlariga köra, KXDR harbiylarining paradda iştirok etişiga oid qaror allaqaçon qabul qilingan. Ularning ta’kidlaşiça, gap önlab harbiy xizmatçilar haqida ketmoqda.
NHK’ning boşqa manbalari esa avgust oxirida Şimoliy Koreya harbiy orkestri Moskvadagi musiqiy tadbirda iştirok etişini ma’lum qilgan.
Naşr suhbatdoşlariga köra, Şimoliy Koreya harbiylari Moskvadagi Ğalaba paradida birinçi marta qatnaşadi.
Oldinroq Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov Ikkinçi jahon uruşi tugaganiga 80 yil tölişi munosabati bilan ötkaziladigan paradga tayyorgarlik boşlab yuborilganini ma’lum qilgandi. Belousovning aytişiça, paradga 19 ta «döst» davlatning harbiy bölinmalari taklif qilingan va hozirça ularning 10 tasi öz iştirokini tasdiqlagan. «Meduza» naşrining qayd etişiça, Vladimir Putin paradda AQŞdan ham kimdir iştirok etişini kutmoqda.
Hozirda Ukrainaga qarşi uruşda Rossiya tomonida KXDR harbiylari ham iştirok etmoqda. Ukraina, Janubiy Koreya va AQŞ baholariga köra, Şimoliy Koreya hukumati Rossiyaga yordam uçun 10-12 ming harbiysini yuborgan. 2024 yil dekabrida Janubiy Koreya razvedkasidagilar harbiy harakatlar vaqtida kamida 100 nafar şimoliy koreyalik halok bölgani, mingga yaqini jarohatlanganini xabar qilgandi.
















