Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin G‘alaba paradini 24 iyunda o‘tkazishni buyurdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguga Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paradni 24 iyunda o‘tkazishni buyurdi. An'anaviy tarzda 9 mayda o‘tkaziladigan G‘alaba paradi joriy yilda koronavirus pandemiyasi sababli keyinroqqa qoldirilgandi.
Putinning ta'kidlashicha, Rossiyada koronavirus epidemiyasining eng yuqori darajasidan o‘tildi. Rossiya prezidentining aytishicha, parad ishtirokchilari sog‘lig‘iga barcha xavflar minimumga keltirilishi, yaxshisi esa umuman istisno qilinishi lozim.
“Rossiya poytaxti Moskvada va boshqa shaharlarda G‘alabaning 75 yilligi sharafiga harbiy paradga tayyorgarlikni boshlashni buyuraman. Biz buni 1945 yilda tarixiy g‘oliblar paradi o‘tgan kun – 24 iyunda amalga oshiramiz. O‘shanda Qizil maydon bo‘ylab Moskva ostonasida jang qilgan va Leningradni himoya qilgan, Yevropani ozod qilgan va Berlinni ishg‘ol qilgan jangchilar yurib o‘tgan”, deb aytgan Putin Shoygu bilan o‘tkazilgan majlisda.
Paradga tayyorgarlikning borishidan xabardor bo‘lgan manbaning ma'lum qilishicha, parad o‘tkaziladigan kunni dam olish kuni deb e'lon qilish rejalashtirilmoqda. Paradga kelish taklifini Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev olgan. Shuningdek, Moskvaga Moldova prezidenti Igor Dodon va Falastin rahbari Mahmud Abbos kelish istagini bildirgan.
G‘alaba paradi koronavirus epidemiyasi sababli 9 may kuni o‘tkazilmagandi. Biroq Putin ushbu yubiley sanani keyinroq o‘tkazishga va'da bergan. 9 may kuni Moskva uzra jangovar samolyotlar uchib o‘tgan, kechki payt esa salyut otilgan.
Mavzuga oid
10:50 / 14.07.2026
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026