Jahon | 12:33 / 03.08.2017
11782
3 daqiqa o‘qiladi

Bilimli va tajribali kadrlar AQShga immigratsiya qilishi ortib bormoqda

Asli Filippindan bo‘lgan Xose Rommel Umano o‘tgan yilning kuzida Nyu-Yorkka, oilasi bilan yashash uchun ko‘chib o‘tgan. Uning turmush o‘rtog‘i AQShda istiqomat qilayotganiga ko‘p bo‘lmagan. Bu sodda amaliyot sanaladi: AQSh hukumati mamlakat rezidentiga aylangan shaxslarning oila a'zolariga kengroq imkoniyat berishi kuzatilgan. Qiziqarlisi shundaki, Rommel Umano Tokio Universiteti magistranti, qobiliyatli me'mor va yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida Yaponiyada yashab, ishlagan tajribali xodim.

Bunday alohida kishilar tarixidan ayon bo‘lyaptiki, 2011-2015 yillar davomida AQShga ko‘chib o‘tgan immigrantlarning deyarli yarmidan ko‘pi bakalavr darajasiga ega mutaxassislar bo‘lgan. "Shunga qaramay, bu Amerika diyoriga kelish oila munosabatlariga asoslanib qolayotganini bildiradi", - deb yoziladi Jinni Batalovaning Migratsiya siyosati instituti tomonidan chop etilgan tahliliy hujjatida.

Barchaga o‘zining anti-immigrant qarashlari bilan tanilib ulgurgan AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaga keluvchilar oqimini o‘zgartirmoqchi. 1967 yil Kanada migrantlar uchun sifat va talab me'yorlarini e'lon qilgan bo‘lib, bunda asosan ularning ilmiy darajasi, ish tajribasi, mahalliy tilni puxta bilishi inobatga olinadi. Kanadaning tajribasidan foydalangan holda Avstraliya ham migrantlar uchun yangi qoidalarni joriy etishini bildirgan edi. Endilikda AQSh o‘zi uchun shu ikki davlatning talab me'yorlarini etalon qilib olishi kutilmoqda. Bu bilan oila, qarindoshlik munosabatlari asosida emas, balki kasbiy va ilmiy mahoratiga qarab immigrantlarga rezidentlik taqdim etiladi.

2015 yildagi "Grin kard"ning yangi bir million sohiblarining deyarli yarimidan ko‘pi fuqarolikka ega shaxslarning yaqin qarindoshlari bo‘lib chiqqan. Shu raqamlar ketidan 20 foiz kelgusi immigrantlar maxsus taklifnoma orqali AQShga yetib kelishgan. Biroq, 1986-1990 yillarda mamlakatga tashrif buyurgan rezidentlar ilmiy darajasiga qaraganda so‘nggi avlod immigrantlarining oliy ta'lim muassasasini tamomlaganlik haqidagi hujjatlari 27 foizga ko‘proq deb hisoblanmoqda.

Immigrantlar oldidan yana bir muammo turadi: xorijiy diplom AQSh mahalliy kompaniyalari tomonidan har doim ham tan olinmaydi. Rommel Umano ham tajribali me'mor, magistr dajarasiga ega immigrant bo‘lsa ham ish topishi qiyin kechdi. Bunday ijtimoiy masalalar hali yechilmagan.

Mavzuga oid