Vaşingtondagi otişmadan söng Oq uy ma’muriyati «yuqori xavfli» 19 mamlakat fuqarolaridan grin karta yoki AQŞ fuqaroligiga arizalar qabulini muzlatdi. Endi uşbu davlatlarning AQŞga oldinroq kelgan fuqarolari ham «çuqur tekşiruv»ga olinadi. Içki xavfsizlik vazirligi röyxatga kiritilgan davlatlar sonini 32 tagaça kengaytirmoqçi.

Özgarişlar 2 dekabr kuni AQŞ Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatlari veb-saytiga joylaştirilgan siyosiy memorandumda bayon qilingan. Mazkur agentlik immigratsion imtiyozlar böyiça barça arizalarni körib çiqiş va tasdiqlaş vakolatiga ega, deb yozmoqda Associated Press naşri.

Uşbu qaror Tramp ma’muriyati «yuqori xavfli» deb ta’riflagan 19 mamlakat fuqarolari uçun grin karta arizalari yoki fuqarolikka qabul qiliş kabi keng kölamli immigratsiya qarorlarini muzlatib qöyadi. Memorandumda aytilişiça, uşbu «pauza»ni qaçon bekor qiliş Immigratsiya xizmati direktori Jozef Edlou ixtiyoriga boğliq.

Oq uy ma’muriyati joriy yil iyun oyida milliy xavfsizlik bilan boğliq xavotirlarni tilga olib, 12 mamlakat fuqarolari uçun AQŞga kirişni taqiqlagan va yana yetti mamlakat fuqarolari uçun kirişni çeklagan edi.

Uşbu 19 davlat qatoriga: Afğoniston, Myanma, Çad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Yaman, Burundi, Kuba, Laos, Sierra-Leone, Togo, Turkmaniston va Venesuela kiradi.

Oldin, uşbu 19 davlatdan AQŞga kirgan muhojirlarga nisbatan heç qanday çoralar körilmagan edi. Ammo endilikda AQŞda hozir bölgan şu mamlakat fuqarolari — ular qaçon kelganidan qat’i nazar yanada çuqur tekşiruv ostiga olinadi.

Şu bilan birga, Bayden administratsiyasi davrida mamlakatga kirgan muhojirlar uçun «tasdiqlangan imtiyoz sörovlari»ning barçasi böyiça tekşiruv ötkaziladi.

AQŞ rasmiy idoralari uşbu kuçaytirilgan nazoratni – Afğoniston fuqarosi bölgan şaxs tomonidan ikki Milliy gvardiya askariga qilingan hujum