Tilla narxiga teng: Rossiyada nega tovuq tuxumi qimmatlamoqda?
|00:59 / 15.12.202347 82712 min
Sönggi ikki oy içida Rossiyada tuxum narxining 30 foizdan ziyodga oşişi Rossiya hukumatini ham taşvişga solib qöydi. Hukumat tuxumni bojsiz olib kirişga izn berdi, Rossiya Boş prokuraturasi esa işlab çiqaruvçilarni tekşirişni boşlab yubordi. Xöş, bu çoralar naf beradimi?
Ekspertlar fikriça, bu çoralarni juda şoşilinç deb qaraş mumkin, tuxum narxi oşişi butun bir sabablar majmuasi tufayli sodir bölgan. Jumladan, harbiy safarbarlik tufayli işçilar soni yetişmasligi, migrantlar işdan ketişi va işlab çiqariş tannarxi oşişi tufayli.
Tovuq tuxumi Rossiyada bir neça oydan buyon asosiy iste’mol mahsulotlari içida narx oşişi borasida yetakçilik qilmoqda. Rosstat ma’lumotlariga köra, sönggi ikki oy — oktyabrdan dekabrgaça mamlakat böylab 10 dona tuxumdan iborat töplam narxi örtaça narxi 34 foizga qimmatlab, 97 rubldan 116,5 rublga yetgan.
Yil boşidan buyon tuxumning çakana narxi 36,5 foizga, 2022 yil dekabridan esa 42 foizga oşgan.
Asosiy iste’mol mahsulotlaridan biri bölmiş tuxum narxi oşişi federal hukumatning ham diqqatini jalb qilgan. RF Boş prokuraturasi «fuqarolar huquqlarini asossiz narx oşişidan himoya qiliş» vaji bilan tekşirişlar ötkazişi va çora körişni boşlaşini e’lon qilgan.
Ryazandagi dökonlardan birida xaridorlar narxlarni örganişmoqda. Foto: ALEXANDER RYUMIN / TASS
Federal aksilmonopoliya xizmati esa avvalroq savdo tarmoqlariga tovuq tuxumlariga ustama narxni öz ixtiyorlari bilan çeklaşni taklif qilgan. Savdo tarmoqlari bu taklifga tuşuniş bilan munosabatda bölişgan va «Azbuka vkusa» riteyleri 10 foizlik ustama bilan çeklangan.
13 dekabr kuni Rossiya hukumati Qişloq xöjaligi vazirligining tuxum import qilişga bojni nollaştiriş taklifini qöllab-quvvatlagan. Ayni paytda 15 foiz atrofida belgilangan boj 2024 yil 1 yanvaridan 30 iyungaça bekor qilinadi. RF Qişloq xöjaligi vazirligi şu yöl bilan mahsulot narxi ösişini töxtatişdan umidvor.
Tuxum, jumladan, Turkiyadan ham olib kiriladi. Rosselxoznadzor 8 dekabrdan boşlab Turkiyadagi 17 ta parrandaçilik fabrikasidan tovuq tuxumlarini import qilişga ruxsat bergan.
Noyabr oyi boşlarida RF Qişloq xöjaligi vazirligi iste’mol tuxumlari va ayrim turdagi parranda göştlarini eksport qiliş töğrisidagi hukumat qarorlari loyihasini tayyorlagandi.
Rossiyada tovuq tuxumi narxi bu qadar ösib ketişiga sabablar nimada? Rossiya hukumat körayotgan çoralar muammoni yeçişga yordam beradimi? BBC bu borada tahliliy maqola
INFOLine-Analitika boş direktori Mixail Burmistrovning fikriça, Rossiya tuxum narxi osmonga çiqib ketişi bir neça omillar majmuasiga boğliq.
Sabablardan biri — tovuq tuxumiga talab sezilarli köpaygani. Nega rossiyaliklar köproq tuxum xarid qila boşlaşdi? Ekspert fikriça, Rossiya aholisi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari umumiy oşişi fonida arzonroq narsalar bilan oziqlanişga ötişgan.
«Biz ayni paytda göşt narxi oşayotganini körmoqdamiz. Yuqori inflyatsion kutilmalar va inflatsiyaning yuqori sur’atlari şaroitida iste’molçi nisbatan arzon oqsilni tanlay boşlaydi», — deydi Mixail Burmistrov.
Eng arzon göşt — parranda göşti allaqaçon qimmatlaşib bölgan, tovuq göşti yanvar-oktyabr oylarida örtaça 27 foizga qimmatlaşgan. Sönggi oylarda tovuq göşti narxi oşişi sezilarli sekinlaşgan. Biroq tovuq göşti endi ilgarigidek rossiyaliklar bemalol xarid qila oladigan mahsulot emas.
«Bu körguliklarning nojöya oqibatida iste’molçi oqsil moddasini olişning manbalarini qayta körib çiqa boşladi. Tovuq göştiga muqobil esa undanda arzon tuxumdir», — deydi Mixail Burmistrov.
Biroq, tovuq tuxumiga talab keskin ortişi qöşimça hajmdagi taklif bilan qöllab-quvvatlanmagan.
Yil boşidan oktyabr oyi oxirigaça Rossiyada tovuq göşti narxi örtaça 27 foizga oşgan. Foto: KIRILL KUKHMAR / TASS
«Taassufki, bu yil bir neça hududlarda parranda grippi böy körsatdi va bu kasallik parrandalar boşi kamayişiga olib keldi», — deydi Mixail Burmistrov.
Rossiyada bir neça million parranda yöq bölişiga olib kelgan parranda grippining kutilmaganda avj olişi may oyidan boşlab kuzatilmoqda. Rosstat ma’lumotlariga köra, aynan may oyidan boşlab tuxum va parranda göşti işlab çiqariş hajmi pasaya boşlagan. Kuzga kelib işlab çiqariş özini önglay boşlagan. Oktyabrda ötgan yilgi darajagaça çiqilgan, biroq bu narx ösişini töxtata olmagan.
Birgina rossiyalik işlab çiqaruvçilar ösib borayotgan talabni qondirişi ayni paytda öta taqçil bölib qolgan işçi kuçi yetişmasligi tufayli ham juda murakkab, deydi ekspert. Uning sözlariga köra, bu mehnat resurslari bilan eng oğir ahvol mamlakat şimoli-ğarbiy qismida röy bermoqda.
Avgust oyida Leningrad oblastidagi «Sinyavinskaya» parrandaçilik fabrikasi öz hamkorlariga işçi kuçi çiqib ketişi natijasida fors-major holatini ma’lum qilgan, şu sababli yuk yetkazib beriş va jönatişdagi uzilişlar uçun jarimaga tortmaslikni söragan. Parrandaçilik fabrikasining öz hamkorlariga jönatgan xatiga asoslanib, «Fontanka» naşri korxona öşa paytda öz ştatining 25–30 foizidan ayrilgani haqida ma’lum qilgan edi.
Mixail Burmistrovning sözlariga köra, ayni paytda işçi kuçi yetişmasligi iqtisodiyotning barça jabhalari uçun xarakterli bölsa-da, qişloq xöjaligida bu yanada yaqqolroq namoyon bölmoqda.
«Çunki bu sohada avtomatlaştiriş imkoniyatlari juda çeklangan. Boz ustiga, aynan qişloq joylarda Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaganlar uluşi köproq. Bularning barçasi işçi kuçi yetişmasligiga olib kelmoqda», — deydi ekspert.
Harbiy safarbarlik tufayli işçi kuçi çiqib ketişi bilan bir vaqtning özida migrantlarning ham öz vatanlariga qaytib ketişi kuzatilmoqda. Avgust oyida «Kommersant» naşriga bergan intervyusida «Roskar» parrandaçilik fabrikasi direktori Roman Smirnov uning kompaniyasi rubl kursi pasayişi tufayli Rossiyani tark etişni boşlagan migrantlar muammosiga duç kela boşlaganini ta’kidlagan edi.
Avgustdan buyon Rossiyada migrantlar soni köp bölgan korxonalarda politsiya reydlari ham ötkazilmoqda. Qoidaga köra, bunday reydlar yaqindagina Rossiya fuqaroligini qölga kiritgan migrantlarni harbiy komissariatga olib keliş bilan yakunlanadi.
«Mehnat migrantlarining oqimi u qadar sezilarli emas, — deydi Mixail Burmistrov. — Qandaydir holatlarda biz çindan ham harbiy hisobga qöyilişidan çöçib, yoki Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaşga majburlanişidan qörqib mamlakatni tark etayotgan migrantlarni körişimiz mumkin».
Tuxum taklifi ösişini çeklab turgan omillardan yana biri — avtomobilda taşiş xizmatlari nihoyatda qimmatlab ketgani, umuman, transport xizmatlari taklifi çeklangani hamdir.
Mixail Burmistrovning sözlariga köra, ayrim yönalişlarda ayniqsa katta qiyinçiliklar yuzaga kelgan. Xususan, Ukraina çegarasiga yaqin Belgorod oblastida vaziyat juda murakkab. Aynan öşa yerda odamlarga tuxum sotişni çeklaş borasida videolar tarqalgan.
«Uşbu hudud uruş zonasiga yaqin va bu transportdan foydalanişga salbiy ta’sir ötkazadi. Ya’ni transport kompaniyalari u yerga öz transport vositalarini jönatişni istamaydi, şu sababli Belgorod oblastida avtomobilda yuk taşiş narxi juda qimmat va bu hol tuxum yetkazib berilişini ham çeklaydi», — degan Burmistrov.
Tannarx valuta kursi ortidan oşmoqda
Tovuq tuxumining çakana narxi ösişiga yil davomida uning tannarxi ham oşib borayotgani sabab böldi, deydi Petrova Five Consulting boş direktori Marina Petrova. Işlab çiqaruvçilarning xarajatlari yil böyi sezilarli darajada ösgan, deya ta’kidlaydi ekspert.
«Bu işlab çiqariş zanjiridagi butun bir murakkabliklar kompleksidir: uruğ, ösimliklarni himoya qiliş vositalari, qişloq xöjaligi texnikasi uçun ehtiyot va butlovçi qismlar narxidan tortib, işlab çiqariş uskunalari, elektr energiyasi va albatta yonilği moylaş materiallari bahosi ösganigaça», — deydi Petrova.
Ekspertlar qayd etişiça, rub kursi kuçsizlanişi ham öz salbiy ta’sirini körsatgan.
«Tuxum işlab çiqarişda import tarkibiy qismlarning uluşi yuqori ekani sababli valuta kursining tebranişlari ham xarid qiliş tannarxini oşirib yubordi», — deydi Marina Petrova.
Mixail Burmistrov esa rossiyalik işlab çiqaruvçilar inkubatsion tuxumni, vitaminlar va yemga mineral qöşimçalarni ham xorijdan sotib olişlarini eslatib ötgan.
«Bularning barçasi birgalikda, şuningdek, asosiy bank stavkasi oşişi va kreditlar uçun qarz mablağlari narxi oşişi tannarx sezilarli oşişiga olib kelganining guvohi bölib turibmiz», — deya xulosalagan Burmistrov.
«Zaxira uçun xarid qiliş vasvasasi» va turk tovuği tuxumi
Narxlar sakray boşlaganda odamlar vasvasaga tuşib qolib, zaxira uçun köproq tuxum xarid qila boşlagani ham vaziyatni qiyinlaştirmoqda, deydi ekspert. «Bularning barçasi savdo tarmoqlarida arzon tuxum savdoga çiqarilişi taklifini ham yöqqa çiqaradi. Binobarin, iste’molçi bundan yanada asabiylaşa boşlaydi», — deya tuşuntiradi Mixail Burmistrov.
Foto: KIRILL KUKHMAR/TASS
Rossiya hukumati tomonidan körilayotgan çoralar — Federal aksilmonopoliya xizmati tomonidan savdo tarmoqlarini nazorat qiliş, işlab çiqaruvçilar Boş prokuratura tomonidan tekşirilişi, import tuxumlarni bojsiz olib kiriş, tovuq göşti va tuxumini Rossiyadan olib çiqişga çeklov joriy qiliş — narx ösişini töxtatişi kerak, deb hisoblaşadi ekspertlar.
Marina Petrovaning ta’kidlaşiça, «tuxum işlab çiqariş böyiça turk zavodlari oçilişi» nafaqat mahsulotning çakana narxi pasayişiga olib keladi, şuningdek toifa böyiça import oşişiga ham sabab böladi.
«Narxlar oşişini töxtatiş va bir vaqtning özida sohani rivojlantirişdan töxtamaslik uçun işlab çiqariş zanjiri böyiça öz texnologiyalarini, uskunalarini rivojlantiradigan, xorijdan yetkazib berişga boğliqlikni kamaytiradigan va milliy işlab çiqarişni jahon bozorida raqobatbardoş qila oladigan kompleks dastur kerak», — deydi u.
Mixail Burmistrovning qayd etişiça, Turkiya va boşqa davlatlardan tuxumlarni bojsiz olib kiriş — narx oşişi bilan boğliq ötkir muammoni yeçiş uçun qöllangan vaqtinçalik çora. Muammoning fundamental yeçimi taklifni oşirişni taqozo etadi.
«Bu çoralarni amalga oşiriş doirasida işlab çiqaruvçilarning rentabelligi tuşib ketişi mumkin bölgan vaziyatga yöl qöymaslik kerak. Çunki hozir ular ösib borayotgan xarajatlar tufayli juda katta bosim ostida qolgan. Ya’ni, bu tomondan olib qaraganda parrandaçilik sohasining raqobatbardoşligi yomonlaşuviga yöq qöymaslik asosiy masala», — degan Mixail Burmistrov.
Rosptitsesoyuz baholaşlariga köra, 2023 yilda 46,4 mlrd dona tuxum işlab çiqarilgan, bu esa ötgan yilgi (46,1 mlrd)ga nisbatan birozgina köp. Kelgusi yilda ekspertlar joriy yilgi işlab çiqariş hajmi saqlanib qolişi va 46,5 mlrd dona tuxum işlab çiqarilişini prognoz qilişmoqda.