Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Navalniy Rossiyada zaharlangani haqidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqdi
Fransiya ikki g‘arb laboratoriyasi xulosalarini ko‘rib chiqdi, unga ko‘ra Aleksey Navalniy Rossiyadagi koloniyada zaharlangan, deya ma’lum qildi Fransiya Tashqi ishlar vazirligi. Siyosatchining bevasi Yuliya Navalnaya avvalroq bu xulosalarni chop etishga chaqirgan edi.
Fransiya Aleksey Navalniyning Rossiyadagi koloniyada zaharlangani haqidagi ikkita g‘arb laboratoriyasi xulosalarini «chuqur xavotir bilan» ko‘rib chiqdi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan bayonotda aytilgan.
«Fransiya uning o‘limi uchun Rossiya rasmiylari to‘liq javobgar ekanini yana bir bor ta’kidlaydi va uning fojiali o‘limi holatlarini to‘liq tekshirishni talab qilishda davom etadi», — deyiladi hujjatda.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinning asosiy siyosiy raqibi deb atalgan muxolifatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya g‘arb laboratoriyalarini turmush o‘rtog‘ining biologik namunalari bo‘yicha tahlil natijalarini e’lon qilishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, ular erining Rossiya koloniyasida zaharlanganini tasdiqlaydi.
«2024 yilning fevralida biz Alekseyning biologik namunalarini olishga, xorijga olib chiqishga va g‘arb davlatlaridan biridagi laboratoriyaga o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik. Bir necha oy oldin natijalar olinganini bildim va ikki davlatdagi ikkita laboratoriya mustaqil ravishda Aleksey zaharlangan degan xulosaga keldi», deb yozadi Navalnaya Telegramʼda. Erining o‘limidan so‘ng u uning ishini davom ettirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026