AQSh uch nafar o‘zbekistonlikni IShIDga aloqadorlar «qora ro‘yxati»ga qo‘shdi
O‘zbekistonliklar IShID terrorchilik guruhi bilan hamkorlik qilganlikda ayblanmoqda.
AQSh Davlat departamenti Turkiya Respublikasi bilan kelishilgan holda, bir qancha shaxslarni IShID terrorchilik guruhi «qora ro‘yxati»ga qo‘shganini e’lon qildi. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor.
Davlat departamenti dastlab Gruziyadagi IShID yetakchisi Adam Xamirzayevni «global terrorchi» deb tan oldi. U shuningdek, Adam Islamovich Oliferchik nomi bilan ham tanilgan.
Bundan tashqari, IShIDga aloqador kontrabanda tarmog‘ining uch nafar o‘zbekistonlik a’zosi ham qora ro‘yxatga kiritildi:
- Muhammadyusuf Alisher o‘g‘li Mirzoyev, 2023 yilda IShID bilan bog‘liq «harbiy» o‘quv lagerini tashkil etish ishlarida ishtirok etgan;
- Muhammad Ibrohimjon Niyozov, IShID a’zolariga ma’muriy va logistik yordam ko‘rsatgan;
- Olimxon Mahmudjon o‘g‘li Ismoilov, IShID bilan bog‘liq kontrabanda tarmog‘i a’zosi.
Ta’kidlanishicha, ularning barchasi Turkiya tomonidan qidiruvga berilgan.
Mazkur shaxslarning AQShdagi yoki AQSh fuqarolari nazoratidagi barcha mulklari va mol-mulk manfaatlari bloklanadi. Ular bilan muayyan operatsiyalarni amalga oshirgan har qanday amerikalik yoki xorijlik fuqaro sanksiyaga uchrashi mumkin.
Mavzuga oid
23:12 / 19.11.2024
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
22:07 / 19.11.2024
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44 / 19.11.2024