O‘zbekiston | 12:23 / 04.09.2024
2903
2 daqiqa o‘qiladi

“Yaxshi o‘qishga va’da beraman” – maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi

O‘zbekiston maktablarida 4 sentabrdan darslar boshlandi. 700 mingdan ziyod bola bu yil birinchi sinfga chiqdi. Xo‘sh, ular uchun dastlabki qo‘ng‘iroq qanday o‘tdi? Kun.uz muxbiri Toshkent shahridagi maktablardan birida bo‘lib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 128-maktab uncha ham katta emas, u 400 o‘ringa mo‘ljallangan. Shu sababli bu maktabda bittagina 1-sinf tashkil qilingan. Kun.uz darslar boshlanishi munosabati bilan shu maktabda bo‘ldi va bolalar bilan suhbatlashdi.

Bolalar maktabga chiqqanidan juda xursand. Hatto ayrimlari ta’tilni yomon ko‘rishini, maktab yaxshi ekanini bildirdi. Yana ayrimlari esa yangi do‘stlar orttirganidan, kelgusida necha bahoga o‘qishi juda qiziqtirayotganini aytdi.

Bundan tashqari, askar bo‘lishni istovchi yana bir bola buning uchun a’lo baholarga o‘qish kerakligini aytarkan, shunga intilishga va’da berdi. Albatta, hamma 7 yoshlilar ham ilk darsini xursandchilik bilan kutib olgani yo‘q. Ba’zilarining ko‘zida yosh ham bor edi.

Bolalarning savollarga bo‘lgan qiziq munosabatlarini yuqoridagi video orqali to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.

Kun.uz yangi o‘quv yili boshlangani bilan barcha o‘quvchilarni , ularning ota-onalari va o‘qituvchi-murabbiylarni tabriklaydi. Ularga faqat va faqat muvaffaqiyat tilaydi!

Mavzuga oid