Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2023 yilda sayohat uchun eng xavfli mamlakatlar nomi e’lon qilindi
Kelasi yili Afg‘oniston, Suriya va Ukrainaga sayohat qilish tavsiya etilmaydi.
Foto: Reuters
Tibbiyot va xavfsizlik masalalariga ixtisoslashgan International SOS tashkiloti 2023 yilda sayohat qilish eng xavfli bo‘ladigan davlatlar reytingini tuzdi.
«Xavflar xaritasi - 2023» hisobotiga ko‘ra, eng xavfli davlat sifatida Afg‘oniston tan olingan. Ikkinchi o‘ringa Suriya loyiq ko‘rilgan. Keyingi o‘rinlarda Ukraina, Mali va Iroq turadi.
To‘liq yoki qisman xavfli deb topilgan boshqa davlatlar ro‘yxati quyidagicha:
- Markaziy Afrika Respublikasi;
- Yaman;
- Somali;
- Janubiy Sudan;
- Nigeriya;
- Kongo Demokratik Respublikasi;
- Pokiston;
- Mozambik;
- Isroil.
International SOS tashkilotining ta’kidlashicha, Ukrainadagi mojaro va so‘nggi paytlarda ijtimoiy tartibsizliklar kuchayganiga qaramay, Yevropada xavfsizlik masalasi barqarorligicha qolmoqda. Norvegiya, Finlandiya, Shveytsariya, Daniya va Islandiya eng xavfsiz mamlakatlar deb topilgan.
Mavzuga oid
19:42 / 19.02.2026
Samarqand aeroporti Yevropa va Markaziy Osiyoda eng tez rivojlanayotgan deb topildi
12:08 / 19.02.2026
Yevroittifoq sharqiy chegaralarga yaqin hududlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi
11:26 / 19.02.2026
Ukraina Paralimpiada-2026ga siyosiy boykot e’lon qildi
09:45 / 19.02.2026