Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qarşi Rossiya uruşi oqibatlarini qoplaş maqsadida YeIning şarqiy çegaralariga yaqin hududlarni qöllab-quvvatlaşni kuçaytiradi. Şu maqsadda EastInvest deb nomlangan investitsion platforma taşkil etiladi, u zarar körgan hududlardagi korxonalar va mahalliy hokimiyat organlarining moliyalaştiriş manbalariga yetib borişini soddalaştiradi, deb ma’lum qildi chәrshanba kuni, 18 fevralda Bryusselda YeIning mintaqaviy rivojlaniş böyiça komissari Raffaele Fitto.

Yangi platforma 26 fevraldan iş boşlaydi. Uşbu dastur doirasida köp milliardli kreditlar taqdim etiladi, şuningdek YeIning keyingi budjeti doirasida çegaralar mudofaasi va xavfsizligini mustahkamlaş uçun Yevropa mablağlaridan yordam körsatiladi.

Jumladan, Finlandiya, Polşa, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Estoniya, Latviya va Litvaning çegaradoş hududlarida xavfsizlik va iqtisodiy ösiş sohalarida qöllab-quvvatlaş rejalaştirilgan. Bu davlatlarning barçasi Rossiya, Belarus yoki Ukraina bilan çegaradoş yoki Qora dengiz sohilida joylaşgan.

Yevropa komissiyasi ta’kidlaşiça, bu hududlar Ukrainadagi uruş sabab aholining köçib ketişi, iqtisodiy ösişning pasayişi va inflatsiyaning kuçayişi kabi muammolardan aziyat çekmoqda. Bundan taşqari, xavfsizlikni mustahkamlaş uçun qöşimça investitsiyalar ham zarur.