Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar qamoqxonalardan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma'muriy nazorat to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishdi
Foto: RIA Novosti
2019 yil 7 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Hukumat a'zolari, qator vazirlik, idoralar, davlat tashkilotlari va jamoat birlashmalari vakillari bilan bir qatorda, xalq deputatlari Toshkent shahri va poytaxt tumanlari Kengashlari deputatlari ham qatnashdi.
Majlisda deputatlar «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma'muriy nazorat to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligi hujjatlariga muvofiq, amaliyotda ayrim toifadagi shaxslar, xususan, xorijiy mamlakatlarda bo‘lgan davr mobaynida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ustidan ma'muriy nazorat o‘rnatiladi. Shu nuqtai nazardan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1992 yildagi amaldagi qonunning yangi tahriri tariqasida kiritilgan ushbu loyiha retsidiv va boshqa jinoyatlarning oldini olishda samarali vosita bo‘lgan ma'muriy nazorat institutini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Deputatlarning ta'kidlashicha, ozodlikdan mahrum etish joylaridan chiqqandan keyin ma'muriy nazoratga olingan shaxslar tomonidan jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumni tuzatish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirishga xizmat qiladigan mazkur qonun loyihasi bir paytning o‘zida ichki ishlar organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligini oshirishga ham yordam beradi.
Loyiha norma ijodkorligi talablaridan kelib chiqib, mas'ul qo‘mita tomonidan jiddiy ishlandi va yangi, tugal qonun shakliga keltirildi. Unga ko‘ra, 21 ta modda qayta ishlab chiqildi va 6 ta yangi modda kiritildi. Qonundagi havolaki normalar chiqarib tashlandi. Nazoratni o‘rnatish, amalga oshirish, nazoratni tugatishni o‘zida ifoda etgan normalarga aniqlik kiritildi. Ma'muriy nazorat o‘rnatiladigan shaxslar toifasi qisqartirildi, bunday shaxslarga belgilanadigan cheklovlarga aniqlik kiritilib, ularning soni kamaytirildi. Ma'muriy nazoratni muddatidan oldin olib tashlashni belgilovchi normalar bilan boyitildi. Ana shunday jiddiy o‘zgarishlardan so‘ng loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qonunga aylandi. Muhokamalar, tortishuvlardan so‘ng qonun loyihasi qabul qilindi.
Mavzuga oid
21:07 / 13.01.2026
Bolaga ota ismini familiya sifatida berishga ruxsat etilishi mumkin
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
13:29 / 25.12.2025
Deputatlar qonundan tashqari ishlatilgan 41 trln so‘m xarajatni “yashirincha” tasdiqlab bergan
14:30 / 25.11.2025