Prezident: “2026 yil tub buriliş yili böladi”
Juma kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga murojaatnoma yöllab, 2025 yilda erişilgan yutuqlarni sarhisob qildi va kelgusi yil uçun vazifalarni belgilab berdi. Davlat rahbarining sözlariga köra, mamlakatimizda kambağallik darajasi yil boşidagi 8,9 foizdan 5,8 foizgaça pasaygan. Oxirgi 9 yilda esa, özbekistonliklarning xarid qobiliyati 2 barobarga ösgan.
“Ötkazilgan sörovlar ham, xalqaro ekspertlar tahlillari ham 75 foiz aholining moliyaviy holati keskin yaxşilanganini tasdiqlamoqda”, dedi prezident.
Şavkat Mirziyoyev oldindagi yangi marralar haqida gapirarkan, 2026 yil – barça sohalar rivojida “tub buriliş yili” bölişini aytdi.
“Kirib kelayotgan 2026 yil davlat boşqaruvi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot tarmoqlari, ta’lim, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, sport, ekologiya tizimi – barça-barça sohalarni rivojlantirişda tub buriliş yili böladi”, – dedi davlat rahbari.
Masalan, transport sohasini oladigan bölsak, kelasi yili Toşkent–Samarqand, Toşkent–Andijon, Toşkent–Böstonliq, Punğon–Namangan va Qarşi–Şahrisabz yönalişlarida yuqori tezlikda harakatlanişga möljallangan pulli yöllar qurilişi boşlanadi. Bundan taşqari, respublika böylab 4 ming km magistral yöllar xalqaro talablarga mos “avtoban”larga aylantiriladi. Şaharlarni tezyurar poyezdlar bilan boğlaş uçun yana 500 km temiryöl qurilişini boşlaş közda tutilgan.
Şuningdek, 1 yanvardan avtomobillarga ekologik stikerlar beriş boşlanişi kutilyapti. Qizil stikerga ega, ya’ni katta miqdorda zararli moddalar çiqaradigan avtomobillarning şaharlar markaziga kirişiga yöl qöyilmaydi. Bunday maşinalarni yangisiga almaştiriş yoki ularga filtr örnatiş uçun davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari taqdim etilişi ma’lum qilindi. Içki işlar vazirligiga köra, ekostikerlar bilan boğliq jarimalarni qöllaş 2028 yildan boşlanişi belgilangan.
Elektromobil egalari esa subsidiyadan umid qilişlari mumkin: Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, maşinani quvvatlaş uçun 1 kWh energiya narxining 300 sömdan oşgan qismini davlat qoplab beradi. Elektromobilda taksiçilik qilayotganlarga ham “bir qator imtiyozlar” berilişi aytildi.
Prezidentning sözlariga köra, kelasi yili mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş – asosiy vazifa böladi: har bir viloyatda 2-3 tadan tuman tanlanib, hamma mahallasidagi barça muammolar bir vaqtning özida hal etiladi. Buning uçun viloyatlarning öziga 20 trln söm ajratiladi.
Iqtisodiy masalalarga kelsak, asosiy urğu mahalliy korxonalarni texnologik transformatsiya qiliş va unumdorlikni oşirişga qaratilişi aytilyapti. YaIMni 160 mlrd dollarga yetkaziş maqsadiga kelasi yiliyoq erişilişi munosabati bilan, 2030 yil uçun 240 mlrd dollarlik yangi marra belgilandi. Şuningdek, oltin işlab çiqarişni 2024 yilgi 131 tonnadan 2030 yilgaça 175 tonnaga yetkaziş ham maqsad qilingan.
Şavkat Mirziyoyev korrupsionerlar haqida gapirarkan, ularni “islohotlarga xiyonat”da aybladi va 2026 yilda korrupsiyaga qarşi “favqulodda holat” e’lon qilinişini aytdi.
“Bu illatga qarşi kuraşiş böyiça 2026 yilda “favqulodda holat e’lon” qilamiz. “Favqulodda holat e’lon qilmasak, men aytgan raqamlarga erişolmaymiz, dunyo hamjamiyatining bizga işonçi susayadi.
[...] Har bir idoraga kirib boraman. Közimizni moşdek oçib, kimgadir yoqmasa ham aytamiz bu gaplarni: tizimimiz ança eskirib qoldi. Şuning uçun korrupsiyaga qarşi yangi tizim joriy qilamiz”, – dedi prezident.
Bu yangi tizim doirasida barça idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazoratga mas’ul örinbosar lavozimi joriy etiladi, Hisob palatasining vakili faoliyati yölga qöyiladi.
“Lavozimim, unvonim bor, menga heç kim tegmaydi”, deganlar adaşadi. Qonun oldida hamma teng. Içki işlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir söz bilan aytganda, birorta idora va taşkilot nazoratdan çetda qolmaydi.
Komplayens xizmatining faoliyatiga tösqinlik qilganlar korrupsiyaga şerik deb köriladi. Mana şuni bilinglar. Bu – yangi tizim, majbur böldim şuni joriy qilişga. Quloğimga köp gaplar kelyapti”, – deya ogohlantirdi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari öz nutqida oçiqlik siyosati davom etişiga alohida urğu berdi:
“Yana bir marta oçiq aytmoqçiman. Hamma öng quloği bilan ham, çap quloği bilan ham eşitib olsin. Yurtimizda keng kölamli yangilanişlar davrida, Yangi Özbekiston davrida oçiqlik siyosatidan heç qaçon ortga qaytmaymiz. Bu – birinçi masala. Söz va matbuot erkinligini ta’minlaş bizda ustuvor vazifa bölib qolgan va qoladi ham. Şuni hamma bilişi kerak”.
2025 yilgi budjet özgardi – soliq tölovçilar bexabar
Oçiqlik siyosatida ortga qaytişga aslo qöyilmasligini Qonunçilik palatasi yetarliça uqmayotgan körinadi. Ma’lum bölişiça, palata şu oy boşida 2025 yilgi davlat budjetiga özgartirişlar kiritiş haqidagi qonunni jamoatçilik közidan panada qabul qilgan. Vaholanki, majlisda körilgan masala – soliq tölovçilarning 3 mlrd dollardan ortiq mablağiga taalluqli edi.
Özbekistonda şakllangan tartibotga köra, hukumat Oliy Majlisdan ruxsat olmagan holda, budjet qonunidan doimiy ravişda çetga çiqadi va yil oxiriga kelganda ortiqça xarajatlarning hammasini bitta qilib, parlament orqali qonunga kiritib qöyadi. Yil davomida qonundan taşqari xarajat qiliş masalasi örtaga çiqqanda, buning uçun parlamentning oldidan ötiş, ya’ni xalq vakillarining roziligini oliş kerak, degan qoida hali şakllanmagan. Vaholanki, uzoqqa bormasak ham, bunday tartibot qöşni Qozoğistonda allaqaçon bor.
E’tiborlisi şundaki, Qonunçilik palatasining budjet qonunini özgartiriş haqidagi majlislari avvalgi yillarda boşqa majlislar qatori jonli efirga uzatilardi. Bu yil esa, jamoatçilik bunaqa qonundan Senatga yetib kelgan paytdagina xabar topdi. Çunki Qonunçilik palatasi majlisdan translatsiya uyuştirmagani yetmagandek, hatto bu haqda bir oğiz rasmiy xabar berib qöyişni ham lozim topmagan.
Qonunning aksariyat tafsilotlari hali ham ma’lum emas. Senatda oçiqlangan asosiy raqam quyidagiça: 2025 yilda davlat budjeti xarajatlari yil boşida ruxsat etilgan miqdordan 14,5 foizga yoki 41 trln sömga oşib ketgan. Bu – qariyb 3,4 mlrd dollar degani. Eslatib ötamiz, avvalroq Xalqaro valuta jamğarmasi Özbekiston hukumatini oltin narxi oşişidan kelgan qöşimça daromadlarni deb, xarajatlarni oşirişdan tiyilişga çaqirgan edi.
Metan şoxobçalar iş vaqti va yangi gaz koni
Hafta boşiga qaytadigan bölsak, duşanba kuni Energetika vazirligi ğaroyib bayonoti bilan diqqat markaziga tuşdi. Vazirlik ertalab soat 10 ga yaqin rasmiy xabar çiqarib, şu kuni soat 10 dan 16 ga qadar respublikadagi barça metan quyiş şoxobçalari odatiy rejimda işlaşini e’lon qildi. Lekin tez orada gap “barça” şoxobçalar haqida ketmayotgani ma’lum böldi va vazirlik qöşimça axborot berdi: Farğona vodiysida metan şoxobçalarning iş vaqti hokimliklar bilan kelişilgan holda, gaz bosimidan kelib çiqib belgilanadi.
Vodiydan boşqa hududlarda metan şoxobçalar 6 soat işlab, 18 soat yopiq turişi – rasmiy xabarlarga qaraganda seşanba va çorşanba kunlari ham davom etgan. Şundan keyin bunday ma’lumot beriş yana töxtab qoldi va vodiy ahlini qiynayotgan noaniqlik endi butun respublikadagi haydovçilarda ham yuzaga keldi. Xuddi şunday holatlar uçun işlab çiqilgan va ötgan yili Energetika vazirligi köz-köz qilgan Avto24 ilovasi esa eski ma’lumotlarni körsatyapti.
Duşanba kuni Farğonadagi metan-şoxobçalarga borgan Kun.uz muxbiri vazirlikning “barça şoxobçalar soat 10 da oçiladi” degan bayonotiga işonib kelgan, lekin xafsalasi pir bölgan haydovçilarni uçratdi. Xabaringiz bölsa, ikki hafta oldin vazir Jörabek Mirzamahmudov bosim past bölgan vaqtda vodiydagi metan-şoxobçalarga köçma konteynerlar orqali metan taşiş 22 dekabrgaça işga tuşişini aytgan edi. Şu kuni Kun.uz suhbatlaşgan farğonalik haydovçilar va şoxobça xodimlari köçma konteynerlarni körmaganliklarini aytişdi.
Ayni paytda, ötgan hafta rahbari almaşgan “Özbekneftgaz” Ustyurtdagi yana bir quduqdan gaz olişga erişilganini xabar qildi. Ma’lum qilinişiça, “Möynoq” konidagi 3-sonli quduqda 100 kundan ortiqroq davom etgan burğilaş işlaridan keyin, kuni keça salkam 5 ming metr çuqurlikdan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olingan. Avgust oxiri va dekabr oyi örtalarida xuddi şu kondagi dastlabki ikki quduqdan ham sanoat miqyosida gaz olişga erişilgandi. Hozir qolgan quduqlarda ham burğilaş işlari davom etyapti.
Rasmiylar gaz qazib olişdagi pasayişni töxtatiş uçun “Möynoq” koniga katta umid boğlayapti. Çunki undagi 2-sonli quduq – hozir respublikada eng yuqori debitli gaz quduği hisoblanadi. “Özbekneftgaz”ning 12 dekabr kungi xabarida quduq “Öztransgaz”ning quvurlar tarmoğiga ulab bölingani aytilgan.
Ayni paytda, Rossiya tomoni Özbekistonga gaz eksportini oşiriş niyati haqida takror-takror bayonotlar berişda davom etyapti. Kuni keça “Gazprombank”ning prognozlaş markazi Özbekistonga gaz yetkazişni 4 barobarga oşiriş rejalariga yana bir bor töxtalib ötdi. Unga köra, ta’minot yiliga 3 mlrd kubometrdan 2030 yilga borib 12 mlrd kubometrga yetişi közda tutilgan.
Akmal Şukurov işi: 4 nafar sudya işdan olindi
Sud tizimida kamdan kam kuzatiladigan holat röy berdi: 4 nafar sudya nohaq hukm sababli işdan olindi. Gap – tungi klubdagi janjal voqeasidan keyin 8 yilga qamalgan Akmal Şukurovni ozodlikka çiqarib bergan sudyalar haqida ketyapti. Sudyalar oliy kengaşining payşanba kungi qarori bilan, odil sudlovni amalga oşiriş çoğida qonuniylikni buzgani uçun Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudyalari Muhtarama Turğunova, Odilbek Ilhomjonov va Mirziyod Abidov lavozimidan ozod etilgan.
Bundan taşqari, prezident farmoyişi asosida, Toşkent şahar sudi raisining örinbosari – jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati raisi Murodjon Mirzajonov ham odil sudlovni amalga oşirişda qonuniylikni buzgani uçun işdan olindi. Eslatib ötamiz, jami 5 ta epizod böyiça Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi bilan ayblangan Akmal Şukurov avvaliga 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, keyin hukm 4 yillik ozodlikni çeklaşga almaştirilgan va bu katta şov-şuvni keltirib çiqargani ortidan, apellyatsiya hukmi bekor qilinib 6 yillik qamoq tayinlangan edi.
Bu hafta Içki işlar vazirligi ham öz tizimidagi xodimlarning har turli huquqbuzarliklariga nisbatan qat’iy pozitsiyada ekanini ma’lum qildi. Vazirlik ötkazgan matbuot anjumanida aytilişiça, endilikda içki işlar xodimlarining noörin xatti-harakatlari haqidagi har bitta murojaatga “favqulodda holat” deb qaraladi. Bunday murojaat kelib tuşişi bilanoq 10 daqiqa içida tuman-şahar IIB boşliği örinbosari va Şaxsiy xavfsizlik bölinmalariga yetkaziladi. Ular 10 daqiqa içida murojaatçiga telefon qiladi, keyin u bilan şaxsan uçraşadi va 3 soat içida murojaatni örganib, holatga aniqlik kiritadi.
Tizim rahbarlarining tan olişiça, 2024 yilda içki işlar xodimlari tomonidan 67 ta jinoyat sodir etilgan bölsa, 2025 yilda bu raqam 30 foizga oşib, 87 taga yetgan. Bu jinoyatlarning aksariyati vazirlik taşabbusi bilan aniqlangani va jinoyatçi xodimlar işdan böşatilib, prokuraturaga topşirilgani ma’lum qilindi. Şuningdek, joriy yilda içki işlar tizimida jiddiy kamçiliklarga yöl qöygan 86 nafar rahbar aniqlanib, ulardan 57 nafari intizomiy jazolangani, 29 nafari lavozimidan olingani aytildi.
Xodimlar orasidagi jinoyatçilik böyiça sönggi holat Xorazmda qayd etildi. DXX xabariga köra, Xorazm viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining katta tezkor vakili uy-joy quriş uçun ruxsatnoma olib berişni va’da qilib, 30 ming dollar olgan paytda uşlangan. Uning ustidan firibgarlik va pora beriş moddalari böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Özbekiston va AQŞ prezidentlari örtasida telefon muloqoti bölib ötdi. Özbekiston tomoni bergan xabarda Şavkat Mirziyoyev Amerika prezidentini Özbekistonga taklif etgani aytiladi. Donald Tramp esa Şavkat Mirziyoyev va Qosim-Jömart Töqayev bilan gaplaşib, ularni Katta yigirmatalik sammitiga taklif etganini ma’lum qildi. G20 sammiti kelasi yil dekabrda Mayamida bölib ötişi közda tutilgan. Hafta davomida, şuningdek, Özbekiston va Rossiya örtasida Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zoligi böyiça muzokaralarni yakunlovçi protokol imzolandi.
Toşkentdagi yölböyi avtoturargohlarga rezidentlik ruxsatnomasi joriy etilyapti. Unga köra, agar uyingiz oldida yölböyi avtomobil töxtab turiş joyi taşkil etilgan bölsa, 1 fevraldan boşlab BHMning 1 baravari, ya’ni 412 ming söm tölagan holda, 1 yil davomida maşinangizni keçki soat 8 dan ertalabki 8 gaça öşa yerda qoldişingiz mumkin böladi. Bu qaror faqat yölböyi pulli töxtab turiş joylariga taalluqli bölib, boşqa avtoturargohlarga tegişli emas. Hafta davomida, şuningdek, 1 yanvardan boşlab Andijon şahridagi avtobuslarda naqd pul şaklidagi tölov qabul qilinmasligi e’lon qilindi.
“Taşabbusli budjet”da davlat va mahalla ahlining şerikçilik tartibi belgilandi. Senat qaroriga köra, endi mahalla ahli biror bir loyiha uçun zarur mablağning 50 foizini özlari töplay olsa, qolgan yarmini davlat tölab beradi. Ya’ni bunday loyihalar “Taşabbusli budjet”da avtomatik tarzda ğolib deb topiladi. Bundan taşqari, endi “Taşabbusli budjet”da ğolib çiqolmagan mahallalar aholisi deputatlarga ham murojaat qilişi mumkin: qaror bilan, deputatlar “Oçiq budjet” portaliga kirib, özlari saylangan hududdagi biror loyihani qöşimça tarzda ğolib deb e’lon qiliş huquqiga ega böldi.
Yilning eng katta firibgarlik keyslaridan biri – “Credit House” işi böyiça sud boşlandi. 25 dekabr kuni Yakkasaroy tuman sudidagi ilk majlisga tumonat odam yiğildi. Bu işda 1766 nafar jabrlanuvçi qayd etilgan bölib, ularga yetkazilgan zarar miqdori hozirça ma’lum emas, lekin gap 1 trilliondan ortiqroq mablağ haqida ketayotgan bölişi mumkin. Sudlanuvçilar soni – 9 nafar. Ular odamlarga oson şartlarda uy-joy olib berişni va’da qilib, quruvçilar va xaridorlar örtasida vositaçi böliş orqali, uyuşgan guruh bölib firibgarlik qilişda ayblanyapti.
Muallif – Komron Çegaboyev
Dastur boşlovçisi – Bobur Akmalov
Tasvir ustasi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova











