Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Endilikda sotuvchi mashinaning bosib o‘tgan haqiqiy masofasini xaridordan yashirsa, javobgarlikka tortiladi. Bu haqdagi qonunni deputatlar birinchi o‘qishda qabul qildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Qonun bilan kodeksga bir qator qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, avtotransport vositasining bosib o‘tgan masofasini ko‘rsatuvchi odometr uskunasi ko‘rsatkichlari o‘zgartirilgani yoki odometr uskunasi almashtirilgani haqida avtotransport vositasini realizatsiya qilishdan oldin xaridorni xabardor etmaslik uchun javobgarlik choralari belgilanmoqda.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ishlarni ko‘rishda pedagog yoki psixologning majburiy ishtirok etishi talabi nazarda tutilyapti. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish jarayonida voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq holatlarda pedagog va (yoki) psixolog ishtirokini ta’minlash ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar) zimmasida bo‘ladi.
Bundan tashqari, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, advokat va qonuniy vakilga sudya yoki mansabdor shaxsning ishtirokini rad etish huquqi, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda ishtirok etishga monelik qiladigan holatlar belgilanmoqda.
Qonun loyihasida maxsus huquqdan mahrum qilish jazosi bir yarim yilgacha muddatga tayinlangan bo‘lsa, maxsus huquqdan mahrum qilish muddatini qisqartirish to‘g‘risida iltimosnoma kiritish imkoniyati jazo muddatining yarmi o‘tgach, bir yarim yildan uch yilgacha muddatga tayinlangan bo‘lsa, uchdan ikki qismi o‘tgach taqdim etilishi o‘z aksini topmoqda. Shu bilan birga, maxsus huquqdan mahrum qilish muddatini qisqartirish to‘g‘risida iltimosnoma kiritish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar toifasi ko‘zda tutilyapti.
Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Avvalroq ushbu qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi. Unda transport vositasi egasi avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi qayd etilgan.
Mavzuga oid
17:27 / 30.05.2026
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
11:57 / 17.05.2026