Oliy Majlis Qonunçilik palatasi dekabr oyi boşida 2025 yilga möljallangan davlat budjeti töğrisidagi qonunga davlat xarajatlarini sezilarli darajada oşirişni nazarda tutuvçi tuzatişlarni ma’qullagan, deya yozdi Gazeta.uz.
Tuzatişlar körib çiqilgani va qabul qilingani haqidagi ma’lumotlar parlament quyi palatasining rasmiy manbalarida e’lon qilinmagan, uşbu masala yuzasidan majlislar translatsiyasi ham bölmagan.
Hujjat 2026 yilga möljallangan davlat budjeti va soliq siyosati töğrisidagi qonun körib çiqilib, qabul qilingan kunlarda — 3 va 5 dekabr kunlari muhokama etilgan.
2025 yil uçun davlat budjeti töğrisidagi qonunga kiritilayotgan özgartirişlar qabul qilingani haqida 18 dekabr kuni Senatda ular körib çiqilayotgan paytda ma’lum qilingan. Belgilangan tartibga köra, qonun loyihalari avvalo Qonunçilik palatasida uç öqişda körib çiqiladi, şundan söng parlamentning yuqori palatasi — Senatga yuboriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi yil davomida budjet xarajatlarini oşiriş böyiça taşabbuslarni parlament muhokamasiga çiqarmagan, şuningdek, qöşimça xarajatlar zaruriyatiga oid asoslovçi materiallarni deputatlarga taqdim etmagan. Davlat budjetiga tuzatişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi yil oxirida Qonunçilik palatasiga kiritilgan.
2024 yilning yakunida ham davlat organlari va taşkilotlarining 2024 yildagi xarajatlari qonunda yozilganidan 10 trillion sömga oşib ketgandi. Qonunçilik palatasi davlat budjeti töğrisidagi qonunni hukumat söraganidek qilib 9 daqiqa içida uçta öqişdan ötkazib bergandi. Birorta deputat qarşi ovoz bermagandi.
2023 yilda ham yil yakuniga 15 kun qolganda davlat budjeti töğrisidagi qonun özgartirilgandi. Deputatlar konsolidatsiyalangan budjet taqçilligi limitini YaIMga nisbatan 3 foizdan 5,5 foizgaça, yillik taşqi qarz limitini 4,5 mlrd dollardan 5,5 mlrd dollargaça köpaytirişni 20 daqiqa içida tasdiqlab berişgandi.
2022 yilgi davlat budjeti töğrisidagi qonunda ham defitsit böyiça 3 foizlik limit körsatilgan, lekin davlat xarajatlari daromadlardan keskin ortib ketişi ortidan, budjet qonuniga özgartiriş kiritilib, limit 4 foizga kötarilgandi.












