Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kushxonadan qochgan buqa otib o‘ldirildi
U IIO xodimini suzgan va boshqa odamlarga ham tashlangan.
Toshkent shahrida kushxonadan qochib, odamlarga tashlangan buqa otib o‘ldirildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tungi soat taxminan 2:00 larda Chilonzor tumani Ichki ishlar bo‘limiga kushxonadan qochgan qoramol odamlarga hujum qilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Shunga asosan IIO xodimlari hodisa joyiga yetib borgan.
Xodimning ta’kidlashicha, buqa fuqarolarga qarab yugurgani sababli xizmat avtomobilida yo‘lni yopishga majbur bo‘lgan. Ammo qoramol inspektorni ham suzgan va u tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Shundan so‘ng, buqa Bekto‘pi ko‘chasida boshqa fuqarolarga shikast yetkazmasligi uchun otib o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2026
Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 4:00 dan harakatlanadi
07:00 / 24.05.2026
Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha avia va avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
13:38 / 21.05.2026