2002—2004 yillarda Termiz davlat universiteti (TerDU) rektori bölib işlagan iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov Kun.uz tahririyatiga murojaatida öz vaqtida yuqori idoralar tomonidan öziga nisbatan qilingan adolatsizliklar haqida bayon qildi. Uning quyida keltiriladigan tarixidan Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq amaldorlari, MXX raisining sobiq örinbosari, ayni vaqtda qamoqda bölgan Şuhrat Ğulomov va MXX sobiq tergovçisi, sobiq boş prokuror Raşid Qodirovning kuyovi Nodir Töraqulov nomlarini ham köriş mumkin. MXX zobitlariga qarşi çiqa olgan, öziga nisbatan sud işida ham yutib çiqqan professor Xidirnazar Allaqulov endi adolat qaror topib, lavozimi va şa'ni tiklanişini istaydi.

Iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 24 maydagi qarori bilan Termiz davlat universiteti (TerDU)ning rektori etib tayinlangan. Öşa vaqtda MXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi boşliği lavozimida Şuhrat Ğulomov, tergov bölimi boşliği lavozimida Nodirbek Töraqulov faoliyat yuritayotgan, boşqarmaning TerDU böyiça kuratori esa Orif Boborajabov edi. Universitetda 2002-2003 öquv yili uçun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinayotgandi. Dosent Örol Xudoyqulov tarix fakulteti kunduzgi bölimiga hujjatlarni qabul qiliş böyiça ma'sul etib tayinlanadi.

Töplangan dalillarga köra, Örol Xudoyqulov rektor qabuliga kelib, (Orif Boborajabov MXX Surxondaryo viloyat boşqarmasining TerDU böyiça kuratori) 2002 yilda Tojikiston Respublikasi Şahrinov tumanidagi 21-örta maktabdan Komiljon Abduraimoviç Kuliyev nomiga berilgan AB №249675 raqamli attestatni unga qoldirib, hujjatlarni qabul qilib rasmiylaştirişni buyurib ketganini ma'lum qiladi.

Kurator Boborajabov Komiljon Kuliyev Özbekiston fuqarosi ekanini tasdiqlovçi pasportni Xudoyqulovga körsatmasdan, öz dastxati bilan mazkur attestat egasining şaxsi haqida ma'lumot yozib berib ketgan. Kurator yozib qoldirgan ma'lumotini asliça  keltiramiz: «Yaşaş joyi, Denov tumani, Mustaqillik j/x, «Katta Qarşi»