Bu yerda ayiqlar şunçalik köpki, ularni deyarli har kuni uçratiş mumkin. Ba’zan fotoqopqonlarga “selfi”ga tuşib ham turişadi. Ayiqlarning qöşnisi – yovvoyi çöçqalar ham töda-töda bölib yaşaydi. “Manzil” jamoasi Özbekistonning hayvonot olamiga eng boy maskanlaridan biri – Yuqori Töpalang milliy tabiat boğiga sayohat qildi.
Özbekiston janubida, Hisor toğ tizmasining bağrida Yuqori Töpalang milliy tabiat boği joylaşgan. Bu – tabiat hali ham öz qonunlari bilan yaşaydigan, inson ta’siri minimal bölgan kam sonli joylardan biri.
Suv va toğlar uyğunligi
Yuqori Töpalang milliy tabiat boği Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylaşgan. Hisor toğ tizmasining qariyb 28 ming gektar maydonini egallaydi. U yerga yetib boriş oson emas: avval Töpalang suv omboridan qayiqda ötiş kerak böladi.
Lekin bu safarning asosiy jozibasi ham şu: suv va toğlar uyğunligi yaratgan manzara kişini hayratga soladi.
Vaqt töxtab qolgan qişloqlar
Milliy tabiat boğiga kirişda inson qöli bilan barpo etilgan boğlarga duç kelasiz. Ilgari bu yerlarda odamlar yaşagan, dalalar suğorilgan, bolalar öyin-kulgi bilan band bölgan, qariyalar gurung qilib ötirgan qadimiy qişloqlar bölgan.
Bu toğlar bağrida 7–8 ta qişloq bölgan. Lekin 2000 yilda jangarilar bostirib kirgaç, xavfsizlik sababli aholi boşqa hududlarga köçirilgan. Köpçilik bu tarixni Sariosiyo voqealari nomi bilan yaxşi biladi.
Bolalik izidan – tabiat muhofazasiga
Inspektor Nizomiddin Sultonov 2022 yilda milliy tabiat boği taşkil etilgandan keyin bu yerda iş boşlagan. Uning bolaligi aynan şu toğlarda ötgan, ajdodlari ham şu yerlarga kömilgan. Nizomiddin bu yerlarni beş qöldek biladi.
“Har bir daraxt, har bir söqmoq men uçun xotira. Bu yerlarda hayot qanday bölganini, odamlar nima bilan kun körganini yaxşi eslayman”, – deydi u.
Nizomiddin uçun bu faqat iş emas, u ota-onasi yaşagan diyorni asraş, tabiatga xizmat qilişni öz burçi deb biladi.
Hayvonot va ösimliklar olami
Yuqori Töpalang milliy tabiat boği hududida jonzotlarning 55 turi aniqlangan. Ulardan 27 turi sutemizuvçilar, 12 tur – quşlar, 3 tur – sudralib yuruvçilar, 1 tur – baliqlardir.
















