Hududiy idoralar xabar qilişiça, «Darband» postida örnatilgan Tenso M VA–20P rusumli yuk tarozisi Özbekiston prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq joylaştirilgan va Boysun tumani Yöllardan foydalaniş korxonasi balansidan turibdi. Uskuna xususiy şaxsga emas, davlat muassasasiga tegişli.

Rasmiylarga köra, oğirlik nazorati tizimining maqsadi — yöl infratuzilmasini asraş, harakat xavfsizligini ta’minlaş va me’yordan ortiq yuk taşiş holatlarining oldini oliş. Ayni vaqtda viloyat IIB YHXB va Avtomobil yöllari boş boşqarmasi nazorat jarayonlarini 24/7 rejimida monitoring va tahlil ostiga olgan.

Tekşiruvlar ayrim oğir yuk maşinalari nazoratdan qoçiş maqsadida post yaqinida yöl çetida töxtab turiş kabi harakatlar orqali sun’iy tirbandlikka sabab bölayotganini körsatgan. Belgilangan tartibda nazoratdan ötiş va harakatni davom ettiriş taklif qilinganiga qaramay, ayrim haydovçilar bu talabni bajarmagani qayd etilgan.

Şu bilan birga, me’yordagi yuk bilan harakatlanayotgan avtotransport vositalari belgilangan tartibda tösqinliksiz ötmoqda, ular harakatida tizimli muammolar aniqlanmagani ma’lum qilindi.