Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aviakompaniya samolyot bortida tug‘ilgan qizchaga misli ko‘rilmagan ajoyib sovg‘a tayyorladi
Gohida chaqaloqlar yorug‘ dunyoga kelishga shu darajada shoshilishadiki, to‘lg‘oq jarayoni istalgan payt, istalgan joyda ro‘y berishi mumkin. Aynan shu holat Dubaydan Manilaga parvoz qilayotgan samolyot bortida tug‘ilgan Xeyven ismli qiz bilan sodir bo‘ldi.
Uning onasida to‘lg‘oq alomatlaridan hech narsa yo‘q edi, chunki homilador ayolning ko‘zi yorishiga besh hafta qolgan edi. Bizningcha, Xeyven samoda bo‘layotgan parvoz paytini qo‘ldan boy bergisi kelmagan va aynan mana shu damlarda yorug‘ dunyoga talpingan.

Aviakompaniyadagilarning so‘zlariga ko‘ra, bu ekipaj a'zolari uchun birinchi ana shunday holatdir. Ammo ular o‘zlarini yaxshi tutishgan va tug‘uruqni muvaffaqiyatli amalga oshirishgan. Shuningdek, yo‘lovchilar orasida hamshira ham topilgan. Yosh bolasi bor yo‘lovchilar esa yangi onaga kichkintoyga zarur narsalarni berib, ko‘mak ko‘rsatishgan.
Barchasi tezda, ortiqcha qiyinchiliklarsiz sodir bo‘lgan. Tug‘uruq jarayonidan ko‘p o‘tmay, ona o‘z o‘rniga qaytgan.
Layner kapitani ona va uning bolasini shifoxonaga eltish uchun Hindistonga qo‘nishni amalga oshirgan. Albatta, bu voqea sabab parvoz vaqti kechikib qolgan, ammo yo‘lovchilardan hech biri bundan ranjimagan. Aksincha, ular mana shunday baxtli lahzalarga guvoh bo‘lishganidan mamnun bo‘lishgan.

Eng yaxshisi chaqaloqqa nasib qilgan. Cebu Pacific Air aviakompaniyasi rahbariyati qizaloqqa million aviamil sovg‘a qilgan. U ushbu millardan butun dunyoga parvozda foydalanishi mumkin. Ushbu sovg‘a besh million filippin pesosiga yoki 108.000 AQSh dollariga teng. Aviamillardan foydalanish vaqti erkin. Undan nafaqat Xeyven, balki uning oila a'zolari ham foydalanishlari mumkin.
Mavzuga oid
14:08 / 08.01.2026
3 yoshga to‘lmagan bolasi bor onalar uchun ish vaqti qisqartiriladi
10:00 / 01.01.2026
“70 yoshda farzandli bo‘lishning gashti boshqacha ekan” – 7 qizdan keyin o‘g‘il ko‘rgan ota
13:40 / 28.11.2025
Samolyot eng ishonchli transport vositasi bo‘lmay qoldimi?
10:30 / 13.09.2025