Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akkreditatsiyadan o‘ta olmagan OTM talabalarining o‘qishi ko‘chiriladi
Hukumat qarori bilan akkreditatsiyadan o‘tmagan va belgilangan muddatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tugatish (litsenziyasini bekor qilish) yuzasidan tartiblar belgilandi.
Unga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga:
- kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan va belgilangan muddatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tugatish (litsenziyasini bekor qilish) yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritib borish;
- faoliyatini tugatish, litsenziyasini bekor qilish va ta’lim dasturini yopish bo‘yicha qaror qabul qilingan ta’lim tashkilotlari talaba va o‘quvchilarining o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari, kasb va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda ko‘chirish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Lisenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkilotining hisobvarag‘idagi zaxira mablag‘lari hisobidan talaba (o‘quvchi)larning o‘qishini davom ettirish yoki ettirmaslik bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar qoplanadi.
Mavzuga oid
08:45 / 25.12.2025
OTM davlat akkreditatsiyasi: baholash tartibi va majburiy indikatorlar belgilandi
09:11 / 19.12.2025
Kasbiy ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiya qilishda baholash indikatorlari tasdiqlandi
15:26 / 18.12.2025
Akkreditatsiya to‘lovlari qaytarilmaydi: ta’lim tashkilotlari uchun yangi qoidalar
08:34 / 25.08.2025