Hujjatga muvofiq, kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonida 7 ta yo‘nalish doirasida 37 ta mezon bo‘yicha jami 203 ta indikator qo‘llanadi.

Shundan:

  • 12 ta (5,9 foiz) majburiy indikator;
  • 191 ta (94,1 foiz) umumiy indikator belgilangan bo‘lib, ular «muvofiq» yoki «muvofiq emas» tarzida baholanadi.

Baholash tartibiga ko‘ra:

  • indikatorlarning 50 foizgacha qismi «muvofiq» bo‘lsa — mezon «muvofiq emas»;
  • 50 foiz–60 foiz bo‘lsa — mezon «qisman muvofiq»;
  • 60 foiz va undan yuqori bo‘lsa — mezon «muvofiq» deb topiladi.

Qayd etilishicha, majburiy indikator «muvofiq emas» deb baholansa, umumiy natijadan qat’i nazar, tegishli mezon ham «muvofiq emas» deb topiladi.