Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Shavkat Mirziyoyev Turkiya elchixonasiga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev turk qardoshlarga yana bir bor hamdardlik bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 fevral kuni Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga bordi.
«Ma’lumki, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy ellarida yuz bergan kuchli zilzilalar vayronkorligi bilan butun dunyoni larzaga soldi. O‘zbek xalqi ham ofat oqibatlarini qalbiga yaqin olib, chuqur qayg‘u va hamdardlik hissini tuydi.
Davlatimiz rahbari o‘sha kuniyoq qardosh Turkiya xalqiga va prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirgan edi. Zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish uchun mamlakatimizdan bir necha guruh qutqaruvchilar Turkiyaga yuborildi. Shuningdek, gumanitar yordam yuklari muntazam jo‘natib turilibdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident bugun Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga borib, qardoshlarga yana bir bor hamdardlik bildirdi. Parvardigordan marhumlarni o‘z rahmatiga olishini, ularning oilasi va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik berishini so‘radi. Jarohat olgan insonlar tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tiladi.
«O‘zbek va turk xalqlari yaxshi-yu yomon kunlarda hamisha birga bo‘lgan, bir-birini qo‘llab-quvvatlagan. Bu do‘stlik, qardoshlik va o‘zaro yelkadoshlik hozirgiday og‘ir kunlarda yanada bilinadi», deyiladi xabarda.
Davlat rahbari O‘zbekiston barcha zarur yordamga tayyorligini bildirdi. Elchixonada ochilgan hamdardlik kitobiga tasalli so‘zlarni yozib qoldirdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada zilzila oqibatida 12873 kishi halok bo‘lib, 62 mingdan ortiq kishi jarohatlangani tasdiqlangan. Qurbon va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hukumat “Sea Breeze Uzbekistan” qurilishini tasdiqladi
O‘zbekiston | 23:49 / 04.08.2025
-
Adijonda o‘qituvchilar ta’mirlagan maktabning direktori ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston | 23:42 / 04.08.2025
-
Isroilda Netanyahu ishini olib borayotgan bosh prokuror iste’foga chiqarilishi mumkin
Jahon | 23:20 / 04.08.2025
-
Rossiya yadroviy raketalarini yana Yevropaga qaratishini ma’lum qildi
Jahon | 23:06 / 04.08.2025
Mavzuga oid

21:14 / 03.08.2025
Turkiyadan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi

18:30 / 03.08.2025
O‘rta Yer dengizi uzra maroqli sayr, afsonaviy qal’aga sayohat: Turkiyaning Alanya shahridan fotoreportaj

14:11 / 31.07.2025
Ashxobodning vayronaga aylanishidan Andijondagi fojiagacha – yaqin tarixdagi eng dahshatli zilzilalar

10:30 / 31.07.2025