30 iyul kuni Tinç okeanida Kamçatka qirğoqlari yaqinida kuçli silkinişlardan söng 6,3 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda 31 iyul, payşanba kuni Telegramʼda Rossiya Fanlar akademiyasi (RAN) Yagona geofizika xizmatining Kamçatka bölimi xabar berdi.

Zilzila episentri Petropavlovsk-Kamçatskiy şahridan 178 km şarqda, episentri 39,4 km çuqurlikda joylaşgan.

Ötgan keçada seysmologlar 200 dan ortiq yerosti silkinişi - afterşokni qayd etdi.

30 iyun, çorşanba kuni Kamçatka yaqinida 1952 yildan beri eng kuçli zilzila sodir böldi.

Geofizika xizmatining Kamçatka bölimi uning magnitudasi 8,7 ga yetganini ma’lum qildi. AQŞ Geologik xizmati 8,8 magnituda deb baholadi. Amerikalik seysmologlarning ma’lumotlariga köra, zilzila episentri Kamçatkaning şarqiy qirğoğidan taxminan 136 kilometr uzoqlikda, 19,3 kilometr çuqurlikda bölgan.