Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya, Avstraliya va AQSh harbiylari Rossiyaning Yevropaga shartli bostirib kirishiga qarshi mashqlar o‘tkazdi
Amerikaning Moxave sahrosida elita piyoda polki va dron operatorlari harbiy mashqlari o‘tkazildi.
Foto: Getty Images
U yerda Rossiyaning Yevropaga bostirib kirishiga taqlid qiluvchi Amerikaning «Project Convergence» harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazildi, deb yozdi The Times.
450 ga yaqin askar Kaliforniyadagi 1000 kvadrat mil maydonga ega bo‘lgan AQSh harbiy bazasida ikki haftalik mashg‘ulotda qatnashdi.
Mashqlar davomida Britaniya, Amerika va Avstraliya qo‘shinlari Ukrainadagi urush tajribasidan kelib chiqqan holda yangi jangovar uslublarni qo‘llagan.
Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar Ukraina cho‘lining tekis relefiga o‘xshash ochiq landshaftlarda bo‘lib o‘tgan.
Bundan tashqari, britaniyalik askarlar Ukraina Qurolli kuchlari taktikasini kuzatish natijasida o‘rgangan dron texnikasini sinovdan o‘tkazdi.
«Project Convergence» - AQSh va xalqaro hamkorlar, jumladan, Buyuk Britaniya va Avstraliyaning qanday jang qilishini aniqlashga qaratilgan harbiy mashqlar. Mashqlar davomida ilg‘or tizim va texnologiyalar sinovdan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
10:00 / 25.12.2025
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
15:25 / 24.12.2025
1 yanvardan AQSh fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi
10:53 / 24.12.2025