Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada “Fidokor yoshlar” patrul guruhlari ish boshladi
Davlat rahbarining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4075-son qarorida har bir mahallada “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etishda Toshkent shahri tajribasini respublikaning barcha hududlariga tatbiq etilishi ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona shahrida har bir mahallada “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etildi.

“Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari Farg‘ona shahrida mavjud 70 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatga chaqiriluvchi, oliy harbiy ta'lim muassasalariga, shuningdek, ichki ishlar organlarining ta'lim muassasalariga kirish istagini bildirgan hamda ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirgan nomzodlar va boshqa faol yoshlar orasidan tanlab olindi.

Jamoatchilik patrul guruhlari shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining 2019 yil 1 yanvar kungi farmoyishiga asosan shahardagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirildi hamda ularga mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida tashkil etilgan yo‘nalish pasportlari ishlab chiqildi.

“Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari uchun maxsus ust-bosh viloyat hokimligi tomonidan tarqatildi.
Patrullik yo‘nalishlarida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash, shu jumladan ko‘chalar va boshqa jamoat joylarida jinoyatchilikning oldini olishda ichki ishlar organlariga ko‘maklashish;
sutkaning kechki vaqtidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlarni o‘tkazish vaqtida fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda ishtirok etish;

patrullik yo‘nalishlarida huquqbuzarliklar sodir etgan yoki jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan, daydilik va tilanchilik bilan shug‘ullanayotganlarni, nazoratsiz va qarovsiz holdagi voyaga yetmaganlarni aniqlashda va ichki ishlar organlariga olib borishda ko‘maklashish;
huquqbuzarliklar va baxsiz hodisalardan jabrlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotgan tahdidlarni bartaraf etishda huquq-tartibot idoralariga ko‘maklashish jamoatchilik guruhlarining vazifasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:32 / 23.12.2025
“Kun.uz’da chiqqan video sabab orzumga erishdim” – Harvard grantini yutgan qiz
19:42 / 21.12.2025
Farg‘onada jamoat tartibini buzgan ayollar ma’muriy javobgarlikka tortildi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
08:22 / 05.12.2025