Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga yangi soliq stavkalari belgilanadi
Moliya vazirligi “2021 yil uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini e'lon qildi.
Qonun loyihasining 289-3 -moddasida neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga soliq stavkalari haqida so‘z yuritilgan.
Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga quyidagi soliq stavkalari belgilanadi:
Aksiz solig‘i bo‘yicha import va ishlab chiqarish uchun aksiz solig‘i aksariyat stavkalarini tenglashtirish nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, mutlaq miqdorda belgilangan aksiz solig‘i stavkalari indeksatsiya qilingan (2020 yil 1 apreldan ularning nazarda tutilgan indeksatsiyasini bekor qilinganini hisobga olgan holda).
Shu munosabat bilan, aksiz solig‘i stavkalari 2021 yil 1 fevraldan boshlab indeksatsiya qilinmoqda.
Import bo‘yicha 73ta tovar pozitsiyasiga aksiz solig‘ini bekor qilish taklif etilmoqda, xususan, oziq-ovqat mahsulotlari (20 turdagi tovarlar (sharbatlar, pishloq, tvorog, margarin, unli qandolat mahsulotlari, kolbasa va shunga o‘xshash go‘sht mahsulotlari va h.k.), elektrotexnika tovarlari bo‘yicha (35 turdagi tovarlar (muzlatgichlar, televizorlar, gaz plitalari, changyutgichlar, kir yuvish mashinalari va boshqalar) va h.k. Bu tadbirkorlik sub'yektlariga teng sharoitlarni ta'minlashga imkon beradi.
Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirilmoqda.
Yer solig‘i bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun, respublika hududlari kesimida mutlaq kattalikda, ularni 15 foiz indeksatsiya qilinishini hisobga olgan holda, bazaviy soliq stavkasi belgilanmoqda.
Mavzuga oid
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021
Soyadagi iqtisodiyot: Odamlar nega soliqdan qochish va yashirin daromad olishga intilishadi?
15:37 / 18.06.2021