O‘zbekiston | 13:11 / 07.03.2026
8111
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda ko‘chada turgan Damas portlab ketdi

Portlash mashinaga o‘rnatilgan metan gaz ballonining texnik nosozligi oqibatida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagani aytildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan kadr

Koson tumanida Damas mashinasi portladi. FVV xabariga ko‘ra, holat bugun soat 10:30da Koson tuman Yangiobod mahallasi hududida sodir bo‘lgan.

Chorrahada harakatlanmay turgan Damas mashinasiga o‘rnatilgan siqilgan gaz balloni portlagan. Ballon texnik nosoz bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va yong‘in yuzaga kelmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan video tarqaldi. Unda portlash oqibatida Damas'ga o‘rnatilgan ballon bo‘laklarga bo‘linib, atrofdagi mashinalar ustiga tushgani ko‘rinadi.

Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanayotgani ma’lum qilindi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid