Boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev hukumat vakillarining Qoraqalpoğiston Respublikasida tadbirkorlar bilan ötkazgan uçraşuvida “metan zapravka” qurişga ruxsat yöqligini eslatdi.
Uçraşuv davomida Amudaryo tumanilik tadbirkor avtomobillar uçun elektr, gaz va benzin quyiş şoxobçasini qurişni rejalaştirgani, buning uçun 2024 yilda yer olgani hamda qurilişga doir barça hujjatlar ekspertizadan ötkazilganini bildirdi.
Uning sözlariga köra, qurilişni boşlaş uçun Energetika vazirligidan ruxsat oliş borasida muammoga duç kelgan.
Boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev bunga javoban, mas’ullar işlab turgan “zapravka”larga ham gaz yetkazib bera olmayotganini aytdi.
“Hozir metan gaz zapravka qurişga ruxsat yöq. Bor metan zapravkalarga bular gaz yetkazib bera olmayapti. Buni tadbirkorlarga aytmaganmisizlar?” deya savol berdi u Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar kengaşi raisi Farhod Ermanovga.
Jamşid Xöjayev tadbirkorga “metan zapravka” qurmaslik kerakligini ta’kidladi.
“Qurganingiz bilan pulingiz şunday yotadi. Sizga metan bermaydi. Qurilişni boşlamaslik kerak. Nega buni hokimiyat aytmaydi?” dedi boş vazir örinbosari.
“Hokimlarning ham, muovinlarining ham xabarlari bor. Tadbirkorlarga ham bu masala böyiça aytganmiz. Ötgan yildan boşlab metan zapravka qurilişiga taqiq qöyilgan. Heç qanday ruxsat yöq”, dedi bunga javoban Farhod Ermanov.











