Sport | 18:23 / 18.05.2018
21413
1 daqiqa o‘qiladi

«Har holda Rossiyani ukrain tilida gapirishga majburladik» - Ukraina

Foto: ATTILA KISBENEDEK/AFP/Scanpix

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Rossiya TIVning ukrain tilidagi xabariga izoh berdi. Unda rus amaldorlari Ukrainadan bo‘lgan ishqibozlarni futbol bo‘yicha jahon chempionati-2018’ga taklif etishgan.

«Biz Rossiyani ukrain tilida gapirishga majburladik. Buni o‘z hisobimizga yozib qo‘yishimiz mumkin. Chiptalarni sotib olgan yoki buni endi qilmoqchi bo‘lgan ukrainaliklar, barcha xatarlarni e'tiborga olishi lozim.

Bu shaxsiy qaror. Har bir ishqiboz o‘z vijdoni, yuragi, tushunchasiga ega. Biz, albatta, hammaga yordam beramiz, biroq o‘zingizga qarang…», - deya ma'lum qilgan Klimkin «Futbol 24»ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri fuqarolarni JCh-2018ga bormaslikka chaqirgandi.

Mavzuga oid