O‘zbekiston | 08:51 / 13.02.2019
8164
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi tasdiqlanadi 

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Dasturga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi yangi tahrirda tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilash;

mamlakatning milliy xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini mustahkamlash;

zamonaviy sharoitlardagi tashqi siyosiy, tashqi iqtisodiy sohalarda O‘zbekistonning milliy manfaatlarini ilgari surish;

barcha davlatlar va nyfyzli xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik va do‘stlik munosabatlarining barqaror tizimini barpo etish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imiji, o‘rni va ta'sirini mustahkamlash;

xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish, BMT tuzilmalari va maxsus muassasalari norma ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochi - TIV, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 aprel, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 may.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid