«Befoyda diplom, taqchil ish o‘rni, past maosh» - Jahon banki o‘zbekistonlik yoshlarning ish topishdagi muammolari haqida
Jahon banki O‘zbekistonda yoshlarni ish bilan ta'minlashdagi muammolar borasida hisobot chop etdi. O‘zbekistonlik yoshlar ishga joylashishda qanday muammolarga duch keladi?
Jahon banki hisoboti: 10 yilda O‘zbekistonda mehnatga layoqatli yoshlar soni 12 foizga oshadi
Bugungi kunda O‘zbekistonda 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 18 million bo‘lib, mamlakat Yevropa va Markaziy Osiyoda eng ko‘p yoshlarga ega. Kelgusi 10 yil ichida mehnatga layoqatli aholi soni yana 12 foizga oshishi kutilmoqda. 16–24 yoshdagi barcha yoshlarning 24 foizini (26,4 foizi — 16 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan guruhda) ishsiz yoki o‘qimaydigan yoshlar tashkil etadi. Qizlar orasida ishsizlik ayniqsa yuqori — o‘g‘il bolalarga nisbatan 4 barobar ko‘p.
Asosiy muammolar qatorida qishloq joylarda ish o‘rinlarining yo‘qligi va ishchi kuchiga talabning pastligi ham bor. Bundan tashqari, ular ko‘pincha ro‘yxatdan o‘tmasdan ishga olinadi va ish haqi kutilganidan ancha past.
Yoshlarni ish bilan ta'minlashda qanday muammolar bor?
- Ish o‘rni yetishmasligi, qishloq joylarda ishchi kuchiga talabning zaifligi;
- Norasmiy tarmoqning katta ulushga egaligi va ish haqining pastligi;
- Umumiy ta'lim tizimi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limida olingan ko‘nikmalar va ish beruvchilar tomonidan talab qilinadigan kasbiy ta'lim va ko‘nikmalar o‘rtasida nomuvofiqlik;
- Qulay biznes sharoitining cheklanganligi yoki tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish, muvaffaqiyatli mikrofirmalarni yaratishdagi muammolar;
- Oliy ta'lim olish imkoniyati cheklanganligi;
- Mehnat bozori haqida yoshlar kam ma'lumotga egaligi, maktablarda ta'lim ma'lumotlarini taqdim etish va kasb tanlash imkoniyatlarini beruvchi kasbiy yo‘naltirish dasturlari yo‘qligi (kam sonli maktablar bundan mustasno);
- Ayollarni ishchi kuchi sifatida ishtirokiga to‘sqinlik qiluvchi kuchli ijtimoiy stereotiplar;
- Yoshlar uchun kichik hajmdagi faol mehnat bozori dasturlari;
- Davlat xizmatlari va bandlik dasturlaridan foydalanish borasida xabardorlik cheklanganligi;
- Geografik harakatchanlikdagi to‘siqlar;
- Yoshlarning bandlik darajasini oshirishda hukumatning sa'y-harakatini aniqlash va baholash monitoringining zaifligi;
- Cheklangan kvotalar tufayli universitetlarga kirishdagi sezilarli qiyinchiliklar;
- Universitetlar talabalari va hamma yoshlar uchun katta xarajatlar (masalan, qishloq yoshlari yashash narxi ancha yuqori bo‘lgan shaharlarga ko‘chishi kerak bo‘ladi);
- Juda kam kompaniyalar malaka bo‘shliqlarini qoplash uchun xodimlar uchun treninglar o‘tkazadi;
- Yoshlar ham, ish beruvchilar ham berilgan bilim va talab etiladigan ko‘nikmalarning mos kelmasligini aytishdi. Bu kadrlarda malaka yetishmasligi va ish beruvchilarning ulardan qoniqmasligiga sabab bo‘ladi.
- Umumiy ta'lim tizimi beriladigan texnik ko‘nikmalar va o‘rta ta'lim sifati juda past;
- Ish beruvchilar va ta'lim muassasalari o‘zaro bog‘liq emas. Ta'lim muassasalari mehnat bozoriga mos kelmaydigan malakalarni berishadi. Natijada, ish beruvchilar kadrlarni faqat ish tajribasi bilan baholab ishga qabul qiladi. Kasbiy diplomlar ishga olishda deyarli ahamiyat kasb etmaydi. Bu yoshlar uchun yanada salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bular ayniqsa, o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi diplomiga ega bo‘lgan yoshlar orasida yaqqol seziladi.
Mavzuga oid
15:18 / 13.11.2024
O‘zbekiston ingliz tili savodxonligi reytingida 98-o‘ringa tushdi
17:27 / 06.11.2024
Jahon banki iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini baholadi
22:46 / 26.10.2024
Dunyodagi eng nufuzli biznes-indeks tiklandi
17:43 / 18.10.2024