Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident yoshlarni Uchinchi Renessans bunyodkorlari deb atadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘z tantanalarida so‘zlab, mamlakat yoshlarini Uchinchi Renessans bunyodkorlari deb atadi va Yangi O‘zbekistonning kelajagi aynan bilimli, izlanuvchan va jo‘shqin avlod qo‘lida ekanini ta’kidladi.
Davlat rahbari ta’kidlaganidek, Yangi O‘zbekiston bugun yoshlar uchun yuksak parvozlar, katta g‘alabalar maydoniga aylanib bormoqda. Ta’lim, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalari hamda biznes kabi sohalarda yangi nomlar, yangi qahramonlar yetishib chiqmoqda.
Prezident ana shunday bilimli, g‘ayratli va izlanuvchan o‘g‘il-qizlar bilan butun xalq haqli ravishda faxrlanishini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev yoshlarga murojaat qilib, bugun ularga Uchinchi Renessans bunyodkorlari bo‘lishdek ulkan baxt va yuksak sharaf nasib etayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari fikricha, ajdodlar orzu qilgan buyuk maqsadlarni amalga oshirishga bugungi yoshlar, shubhasiz, qodir.
Prezident tinch va osoyishta hayot, yaratilgan keng imkoniyatlar, ota-ona va ustoz-murabbiylar mehnatining qadriga yetib, tinimsiz o‘qib-o‘rganish, bilim va mahoratni doimiy oshirib borish zarurligini urg‘uladi.
Shu bilan birga, davlat rahbari O‘zbekiston yoshlari uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanini bildirib, ularni vatan, millat va xalq uchun yashashga chaqirdi.
Qayd etilganidek, Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi bo‘lib, uning zafar bayrog‘ini baland ko‘tarish bugungi yoshlar zimmasidagi eng muhim va sharafli vazifalardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
O‘zbekiston aholisining 38,5 foizi hali 20 yoshga to‘lmagan
12:54 / 30.06.2026
Shavkat Mirziyoyev faol yoshlar bilan uchrashdi
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026