Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi» meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni hamkorlikka chaqiradi
«O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi» faoliyati O‘zbekiston va Germaniya kompaniyalari o‘rtasidagi eksport-import va investitsion operatsiyalar salohiyatini oshirishga hamda yevropalik investorlarni va innovatsion texnologiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan. Loyiha O‘zbekiston respublikasi savdo-sanoat palatasi va O‘zbekistonning Germaniya federativ respublikasidagi elchixonasining faol ko‘magida ONS Frankfurt nemis kompaniyalari guruhi tomonidan amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi» O‘zbekistondagi nemis iqtisodiyoti klubi, O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi va Germaniyadagi ishbilarmonlar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi. Buning natijasida, qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishish uchun zarur bo‘lgan biznes hamkorlar tarmog‘ining maqsadli auditoriyasi kengayib bormoqda.
«O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi» ning ustuvor maqsadi, eksport salohiyatini mustahkamlash, mahalliy eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari savdosini Yevropa mamlakatlari bozorlarida ilgari surishni rag‘batlantirishdan iborat. Ushbu yo‘nalish doirasida Germaniya,Belgiya, Gollandiya, Shvetsiya, Finlyandiya va Rossiya federatsiyasining ko‘plab ta'minot va savdo tarmoqlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Eksperimental tartibda yetkazib berilgan turli xil quritilgan mevalar, ho‘l va muzlatilgan meva namunalarining ta'mi va biologik xususiyatlari to‘g‘risida ijobiy xulosalar chiqarildi.
Shu bilan birga, biz amaliy tajriba asosida meva-sabzavot mahsulotlarini Yevropa ittifoqining yetakchi mamalakatlariga (Germaniya, Belgiya, Gollandiya, Fransiya, Shvetsiya va Polsha) to‘liq eksport qilishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator omillarni aniqladik.

Birinchisi – bu ko‘plab mahalliy ishlab chiqaruvchilarda Yevropa ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish uchun zarur bo‘lgan GLOBAL G.A.P., International Food Standard (Xalqaro oziq-ovqat standarti), EU organic certificate (Yevropa ittifoqi organik sertifikati), BRC Global Standard kabi sertifikatlarning mavjud emasligidir.
Misol uchun, Germaniyada bio-mahsulotlarga katta talab mavjudligi va yuqori qo‘shimcha qiymatga egaligi, yetkazib beruvchilarni doim o‘ziga jalb qilib kelgan. Biz bio-mahsulotlarga yevropalik hamkorlardan ko‘plab so‘rovlar olamiz. O‘zbekistondagi meva-sabzavot ishlab chiqaruvchilari EU organic certificate (Yevropa ittifoqi organik sertifikati) ga ega emasligi sababli, ushbu istiqbolli bozordagi imkoniyatlarni qo‘ldan chiqarayotganimizni kuzatyapmiz.
Mazkur masala doirasida «O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi» 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan eksport uchun yo‘naltirilgan, zamonaviy qadoqlash tizimi va texnik nazorat vositalari bilan ta'minlangan hamda Yevropa ittifoqi standartlariga muvofiq sertifikatlarga ega bo‘lgan bio meva-sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha “O‘zagrosanoat” loyihalarini ishlab chiqdi va tasdiqladi.
Shuningdek, biz mahalliy meva-sabzavot yetishtiruvchi sub'yektlarni zarur bo‘lgan sertifikatlarni olish bo‘yicha konsultatsiya berish maqsadida hamkorlikka chaqiramiz. Biz siz uchun zarur sertifikatlar olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tegishli nemis konsalting kompaniyalarini jalb qilishga tayyormiz.

Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun muhim bo‘lgan mahalliy bozordagi meva-sabzavot va quritilgan mevalar ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risida ma'lumotlar bazasining mavjud emasligidir.
Ayni vaqtda, bozor alohida qismlar tarzida shakllangan: bir necha yetakchi agro-kompaniyalar va 1000 dan ortiq ishlab chiqaruvchi fermerlar noqonuniy vositachilar tarmog‘i orqali ishlaydilar. Bu o‘z navbatida, mahsulot narxini oshishiga hamda mahsulot sifatini oshirish va nazorat qilish tizimining samaradorligi kamayishiga olib kelmoqda.
Yirik Yevropa import kompaniyalari bilan amaliyot shuni ko‘rsatadiki, muzokaralar natijasida sotib olish xaqidagi qaror darhol yoki muayyan shartlar maqbul bo‘lganda (Narx,yetkazib berish muddati va mahsulot sifati) 2-3 kun ichida qabul qilinishi mumkin. Qisqa davrda qaror qabul qilinishi,yetkazib berishni tezkor tashkillashtirishni talab etadi.Bu holatda, avval e'lon qilingan yetkazib berish shartlarining beqarorligi va o‘zgaruvchanligi tufayli kamchiliklarni kuzatish mumkin.
Shuningdek, «O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi» ning Yevropa meva-sabzavot treyderlari bilan aloqalari shunday shakllantirilganki, har bir mahsulot bo‘yicha narx va yetkazib berish hajmi haqidagi kundalik ma'lumotlar almashinuvi ro‘y beradi. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan yaqin aloqalarni talab qiladi. YeI mamlakatlaridagi supermarketlar tarmoqlari va distribyuterlar mavjud mahsulot hajmlari haqida yillik/yarim-yillik/kvartal/oylik/haftalik aniq malumotlarni talab qiladilar.O‘zbekistondagi ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar hozircha bunday ma'lumotlarni taqdim eta olmaydilar. Bu ayni paytdagi mavjud muammolardan biri sanaladi. Biroq, mahalliy bozorda kuchlar birlashtirilsa, ushbu muammolarni hal etish mumkin.
Shu munosabat bilan, «O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi» barcha manfaatdor mahalliy meva-sabzavot va quritilgan mevalar ishlab chiqaruvchilarni bevosita hamkorlikka chaqiradi. Ayni paytda, Rossiya federatsiyasi va bir qator YeI mamlakatlarida sertifikatlashtirishga talablarning kamayganligi sababli, meva-sabzavot mahsulotlariga katta ehtiyoj mavjud.
Biz bilan quyida keltirilgan telefon raqami orqali bog‘lanishingiz yoki ushbu [email protected] elektron pochtamizga quyidagi ma'lumotlarni ko‘rsatgan holda so‘rov yuborishingiz mumkin:
- Kompaniya nomi, FISh, mahsulot hajmi (minimum 200 tonna) va ko‘rinishi (foto).
Mutaxassislarimiz qisqa fursatlarda siz bilan bog‘lanadilar. Shartlar maqbul bo‘lgan holatda, zarur miqdordagi mahsulotni 100 % oldindan to‘lov bilan darhol sotib olishga tayyormiz.
«O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi» bilan hamkorlikning afzalliklari:
- Toshkentda, Frankfurtda (YeI bozori uchun) va Sankt-Peterburgda (Rossiya federatsiyasi bozori uchun) yuqori malakali mutaxassiclar shtati va savdo ofislari mavjudligi;
- Polsha, Shvetsiya, Makedoniya va Finlyandiyada vakillar mavjudligi;
- Yevropaning yetakchi savdo tarmoqlari va import kompaniyalari bilan biznes aloqalar o‘rnatilganligi;
- Hamkorlarni muzokaraviy, huquqiy, bojxona, viza, til (Ingliz,nemis, shved) bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash;
- Logistika muammolarini yechishda, sertifikatlash va eksportga ruxsat beruvchi hujjatlar masalalari bo‘yicha keng ko‘lamli tajriba;

O‘zbekistonning qulay geografik joylashuvi va yuqori sifatli meva-sabzavot mahsulotlarni yetishtirish uchun qulay hisoblangan iqlim sharoiti hamda tashqi iqtisodiy faoliyat uchun qulay institutsional sharoitlar evaziga, hamkorlikni yo‘lga qo‘yib va birgalikda sa'y-harakatlarimizni birlashtirgan holda, biz siz bilan yevropaning yirik bozorlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Shermatov Temur, «O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi»eksport bo‘limi boshlig‘i:
«Mahalliy quritilgan, ho‘l va muzlatilgan meva-sabzavotlar narx va sifat jihatdan jahon bozorida ulkan salohiyatga ega. Bir tomondan, bir necha kompaniyalar uzoq muddatli munosabatlarni ko‘zlab, chet el bozorlariga chiqmoqdalar. Biroq boshqa tomondan, aksariyat fermerlar, kichik va o‘rta biznes sub'yektlari yangi bozorlarni va mijozlarning mahsulotga ishonchini qozonish haqida o‘ylamay, tezroq foyda ko‘rish maqsadida mahsulotlarini har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da sotish harakatidalar. Bunday holatlar eksportning sifatli o‘sishiga to‘sqinlik qiladi.
«O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi» barcha mahalliy meva-sabzavot va quritilgan mevalar ishlab chiqaruvchilari bilan birgalikda tashqi bozorga chiqishda hamkorlik qilishdan mamnun bo‘ladi».
Manzil: 100013, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Rakatboshi 5-tor ko‘chasi, 10-2 uy
Telefonlar: +99871 2565459, +99890 3281803, +99897 7747775
E-mail: [email protected]
Sayt: www.uzgertrade.com
«O‘zbekiston-Germaniya savdo uyi»
«Cavdoni soddalashtirib, biznesni mustahkamlab»
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:48 / 24.12.2025
WDR: Germaniya tashqi razvedkasi rahbari Narishkin bilan telefonda gaplashgan
12:57 / 23.12.2025
Deutsche Bahn'da kechikish rekordi: punktuallik 59 foizga tushdi
14:19 / 22.12.2025
Germaniya 2025 yilda oilani birlashtirish bo‘yicha 100 mingdan ortiq viza berdi
13:00 / 22.12.2025