Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makiyivkadagi yotoqxona xarobalari va Baxmutdagi hospital. Urush suratlari
Ukrainada urushning 321-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari Donetsk oblasti Soledar shahri ma’muriyati binosi oldidan videomurojaat qilishdi va shahar markazi «tozalangani»ni aytishdi. «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojin uning bo‘linmalari Soledarni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni hozircha vaziyat yuzasidan izoh bermadi;
- General Aleksandr Lapin RF qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari Bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlandi. O‘tgan yil oxirlarida u «Markaz» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan ozod etilgandi;
- Ukraina xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon Rossiyaning 600 nafardan ortiq agentlari va josuslari fosh etilgan. Ular qatorida mudofaa vaziri hamda Ukraina razvedkasi Bosh boshqarmasi boshlig‘i Oleksey Reznikovning hayotiga suiqasd qilmoqchi bo‘lganlar ham bor;
- Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok Xarkivga tashrif buyurdi va Kiyevga yangi qurollar yetkazib berilishini va’da qildi.
Makiyivkadagi kasb-hunar maktabi binosi vayronalari
1 yanvarga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari Donetskdan 16 kilometr masofadagi Makiyivka shahrida rossiyalik harbiylar bazasiga aylantirilgan 19-sonli kasb-hunar maktabi binosini o‘qqa tutdi. RF mudofaa vazirligi yotoqxonaga hujum oqibatida 89 nafar harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi, Ukraina qo‘mondonligi esa 300 dan ortiq kishi qurbon bo‘lib, 400 dan ortig‘i yarador borligini xabar qildi. Quyida ushbu bino o‘rnidagi xarobalar suratlari.
Baxmutdagi harbiy hospital
Baxmut atrofidagi janglar yarim yildan buyon davom etmoqda. «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bu yo‘nalishda RF qo‘shinlarining asosiy kuchi yollanma jangchilar bo‘lmoqda: Baxmut — unikal landshafti va konlar tizimi (Prigojin buni «yerosti shahri tarmog‘i deb atagan») tufayli muhim logistik markaz hisoblanadi. Hozirda Ukraina qurolli kuchlari rossiyaliklar yurishini to‘xtatib turibdi. Baxmut mudofaasidagi jangchilarga harbiy shifokorlar yordam ko‘rsatmoqda.
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
10 yanvar kuni «DXR» rasmiylari Ukraina qurolli kuchlari Donetskni o‘qqa tutgani haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, shahar g‘arbidagi Kirovskiy rayoniga raketalar kelib tushishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, qurbonlar orasida bir bola ham bor.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Valentin Sprinchak / TASS
Nikolay Trishin / TASS
Qrimda urush fonidagi hayot
Sergey Malgavko / TASS
Sergey Malgavko / TASS
Sergey Malgavko / TASS