Seşanbaga ötar keçasi, 13 yanvarda Rossiya qöşinlari Ukraina hududlariga navbatdagi zarbalarni berdi. Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Oleg Sinegubov Telegram’da xabar qilişiça, Xarkiv atrofidagi hududga qilingan hujum oqibatida ikki kişi halok bölgan. VHM rahbari aniqlaşiça, yana ikki nafar erkak jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Xarkiv şahar meri Igor Terexov şahar markazidagi binoga Shahed turidagi dron urilganini ma’lum qildi. “Xarkivning Şevçenko tumanidagi bolalar sanatoriysiga dron urilgani qayd etildi. Voqea joyida yonğin”, — deyiladi uning xabarnomasida. Bu zarba oqibatida jabrlanganlar bor-yöqligi haqida xabar berilmagan.
Ukraina poytaxtida portlaşlar bölgani va havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimi işlayotgani haqida Kiyev meri Vitaliy Kliçko xabar qildi. “Xavfsiz joylarda böling! Rossiyaliklar poytaxtga ballistik raketalar bilan hujum qilyapti!” — deb yozdi Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkaçenko Telegram’da.
Ma’lumot e’lon qilingan paytda Rossiyaning raketa hujumi oqibatlari haqida rasmiy xabar berilmagan, ammo mahalliy pabliklar Kiyev atrofida — Irpen, Buça va Gostomel şaharlarida deyarli töliq elektr ta’minoti uzilib qolgani va suv ta’minotida muammolar borligi haqida yozgan. Elektr ta’minotidagi uzilişlar poytaxtning ayrim tumanlarida ham qayd etilgan.
Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari xabarlariga köra, Rossiya qöşinlari Ukrainaning janubi, şarqi va markaziga keng kölamda hujum qilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga binoan, ikki mintaqaga tegişli eng yirik issiqlik elektr stansiyalari ballistik raketa zarbasiga uçragan: Kiyev viloyatidagi Tripil IES va Dnipropetrovsk viloyatidagi Kriviy Rig IES.













