Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cotton Campaign o‘zbek paxtasi boykotini bekor qilmadi
Foto: KUN.UZ
Paxta sanoatida majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro kampaniya - Cotton Campaign O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi bilan muzokaralar olib borgach, o‘zbek paxtasining boykotini saqlab qolishga qaror qildi. Bu majburiy mehnat butkul yo‘q qilinmaguncha yuz beradi.
Joriy yilning fevral oyi boshida Cotton Campaign vakillari O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Tanzila Norboyeva, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» boshqaruv raisi Ilhom Haydarov bilan uchrashdi.
Cotton Campaign saytida xabar berilishicha, muzokaralar chog‘ida huquq himoyachilari O‘zbekistonda majburiy mehnatni tugatish uchun qabul qilingan chora-tadbirlarni yuksak baholadilar. Shu bilan birga, mamlakatda majburiy mehnat to‘liq bartaraf etilmaganligi va bu sohada ko‘p ishlar qilinishi lozimligi aytilgan.
Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi 4 fevral kuni AQShga tashrif buyurib, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zbek paxtasining boykoti bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
O‘nlab inson huquqlari tashkilotlarini qamrab olgan Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi 2010 yilda O‘zbekiston paxtasini boykot qilish bo‘yicha kampaniyani boshladi.
Boykotga Nike, Zara, GAP, Levi's, H & M, UNIQLO kabi jahonga mashhur brendlar qo‘shildi.
Mavzuga oid
12:49 / 10.12.2025
O‘zbekistonda paxta, g‘alla va sholi yetishtirishda yuqori natijalar qayd etildi
11:02 / 10.12.2025
Paxta va g‘allachilikda hosildorlik oshiriladi: prezident qarori qabul qilindi
08:41 / 10.12.2025
Paxta xomashyosining har tonnasiga 1 mln so‘m subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi
01:25 / 07.11.2025